AsosiyDunyo

AQSHning “Qiyomat kuni” samolyoti nega havoga ko‘tarildi?

Mazkur samolyot eng yuqori lavozimdagi amaldorlar uchun zaxira boshqaruv punkti sifatida mo‘ljallangan.

'AQSHning “Qiyomat kuni” samolyoti nega havoga ko‘tarildi?'ning rasmi

Amerikaning “Qiyomat kuni” deb nom olgan “Boeing E-4 Nightwatch” samolyoti Luiziana shtatidagi harbiy bazadan havoga ko‘tarilib, Vashington yaqinidagi aviabazaga qo‘ndi. Bu haqda “New York Post” nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu maxsus bort AQSH rahbariyati uchun favqulodda vaziyatlarda mamlakatni boshqarish imkonini beruvchi havo qo‘mondonlik markazi vazifasini bajaradi.

Samolyot yadroviy zarbaga bardosh bera oladi va eng yuqori lavozimdagi amaldorlar uchun zaxira boshqaruv punkti sifatida mo‘ljallangan.

“Samolyot Sharqiy vaqt bo‘yicha soat 17:56 da Bojer-Sitidan havoga ko‘tarildi, qirg‘oq bo‘ylab parvoz qilib, Virdjniya va Shimoliy Karolina chegarasi atrofida aylana chizdi va soat 22:01 da Endryus aviabazasiga qo‘ndi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchgun, xuddi shunday samolyot AQSHning 43-prezidenti Jorj Bush tomonidan 2001 yil 11 sentyabrdagi terror hujumlari vaqtida ishlatilgan.

Ushbu havo kemasi yadro urushi boshlanishi ehtimoliga qarshi maxsus ishlab chiqilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:22

    Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

    Bundan tashqari, Rossiya yetakchisi Germaniya kansleri bilan telefon orqali suhbat qurishga tayyorligini bildirgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:25

    'Eron AQSHga ogohlantirish berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:45

    Eron AQSHga ogohlantirish berdi

    Xomanaiy Trampning bayonotlariga javob qaytardi.

    'Afrikalik qizlar Rossiyada dron yig‘moqda: “Alabuga Start” ortidagi haqiqat'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:39

    Afrikalik qizlar Rossiyada dron yig‘moqda: “Alabuga Start” ortidagi haqiqat

    Afrikalik qizlar “Alabuga Start” dasturi orqali Rossiyaga ishga borib, og‘ir sharoitda dron yig‘ishga majburlangan.

    '“TotalEnergies” rahbari: “Yevropa Rossiyadan gaz olmasa ham qiynalib qolmaydi”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:33

    “TotalEnergies” rahbari: “Yevropa Rossiyadan gaz olmasa ham qiynalib qolmaydi”

    Fransiyaning energetika kompaniyasi rahbari Rossiyadan olib kelinadigan gaz haqida fikr bildirdi.

    'Tramp Putinning taklifini rad etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:32

    Tramp Putinning taklifini rad etdi

    AQSH yetakchisi Rossiya prezidentidan urushni tugatishni so‘radi.