Rossiya yetakchisi Ukarina prezidenti bilan muzokara olib boshiga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “DW” axborot agentligi ma’lum qildi.
"Bizga muzokaralarni kim olib borayotgani ahamiyatsiz, hatto u amaldagi rejim rahbari bo‘lsa ham. Men hatto uchrashishga ham tayyorman, lekin agar bu qandaydir yakuniy bosqich bo‘lsa, u yerda o‘tirib, cheksiz narsalarni bo‘lmaslik, balki nuqta qo‘yish uchun," - deydi Rossiya prezidenti.
Shuningdek, Putin Ukraina tomonidan kim "hujjatlarni imzolashi" muhimligini qo‘shimcha qilib, prezident Vladimir Zelenskiyning ishonchliligiga yana bir bor shubha ostiga qarayotganini isbotlagan.
“Ikki davlat muzokara guruhlari aloqada bo‘lib turibdi va 22 iyundan keyin yangi davra o‘tkazishni rejalashtirmoqda”, — deya qo‘shimcha qiladi Rossiya yetakchisi
U, shuningdek, agar Germaniya kansleri Fridrix Mers qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lsa, u bilan gaplashishga tayyorligini ham bildirdi.