Afrikaning turli mamlakatlaridan kelgan yosh qizlar Rossiyada yuqori maosh va ta’lim va’da qilingan dastur orqali dron yig‘ish sexlariga tushib qolgani aytilmoqda. Bu haqda “DW” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, 20 yoshli Aminata Serra-Leonedan ismli qiz Rossiyaning tili va madaniyatiga qiziqadi. Va mamlakatga keladi.
U “DW” nashriga bergan intervyusida “Alabuga Start” dasturi orqali Rossiyaga ketishni rejalashtirayotganini aytadi. Ushbu dasturda Afrikaning kambag‘al mamlakatlaridan kelgan yoshlarga keytering, logistika va mehmonxona xizmatlarida oyiga kamida 860 dollar maoshli ish va rus tili kurslari va’da qilinadi.
“DW” bilan suhbatlashgan, ismi sir saqlangan Chinara ismli nigeriyalik qiz Rossiyaga borgandan so‘ng dron yig‘ish sexida qiyin mehnatga majburlanganini aytdi.
“Bizga og‘ir sharoitlarda ishlatishdi, haq to‘lash esa va’da qilinganidan ancha kam edi”, — deydi u.
Ba’zilar dron yiqqan, ba’zilar ishlab chiqarish nazoratida bo‘lgan, qolganlari esa tozalovchi bo‘lib ishlagan.
Chinaraning ta’kidlashicha, ular xavfli kimyoviy moddalar ta’siriga uchragan.
“Hatto ruslar ham bu yerda uzoq ishlamaydi – juda xavfli”, — deydi u.
Ma’lumot uchun, “Alabuga” — Rossiyadagi harbiy-sanoat markazlaridan biri bo‘lib, u yerda Eronda ishlab chiqilgan Shahed-136 asosida “Geran-2” dronlari yig‘iladi. Bu dronlar Ukrainaga qarshi hujumlarda keng foydalaniladi.
Rossiyada ishchi kuchi yetishmovchiligi migrantlarga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Biroq “Alabuga Star” dasturi inson savdosi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi bo‘yicha INTERPOL surishtiruv boshlagan. Shu bilan birga, Keniya, Uganda va Tanzaniya ham o‘z tekshiruvlarini boshlagan.
Shu holatlarga qaramay, dastur vakillari afrikalik diplomatlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishda va loyihani targ‘ib qilishda davom etmoqda.