AsosiyJinoyat

Qoraqalpog‘istonda o‘qituvchilardan attestatsiya uchun ommaviy pora olingani fosh bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Qoraqalpog‘istonda o‘qituvchilardan attestatsiya uchun ommaviy pora olingani fosh bo‘ldi'ning rasmi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 100 nafardan ortiq o‘qituvchidan attestatsiyadan o‘tkazish uchun pul olingani, sinovlarga telefon bilan kirishga yo‘l berilgani va pora pullari bo‘linib olingani aniqlandi. Bu haqda DXX “Darakchi.uz”ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Nukus shahridagi umumta’lim maktabi o‘qituvchisi maktab direktori o‘rinbosarining topshirig‘iga ko‘ra, kasbiy sertifikat sinovidan o‘tkazish evaziga Chimboy tumanida ishlovchi hamkasbidan 1000 AQSH dollari olgan paytida DXX va Ichki ishlar qo‘mitasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovgacha bo‘lgan tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, direktor o‘rinbosari 100 nafardan ortiq o‘qituvchidan 1000–1500 dollardan pora olib kelgan va bu haqda shaxsiy bloknotida qaydlar yuritgan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Pedagoglarni bilim va malakasini baholashni tashkil etish sho‘basi bosh metodisti ham ishga aloqador bo‘lib chiqdi. U davlat attestatsiyasida “yordam berish” evaziga yig‘ilgan 10 450 dollarni ixtiyoriy ravishda topshirgan.

Ushbu jarayonda Milliy gvardiya xodimi ham o‘qituvchilarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazmasdan, testga telefon bilan kirishga yo‘l ochgani, o‘z vazifasiga loqayd yondashgani aniqlandi.

Pora tariqasida olingan pullar shaxslar o‘rtasida bo‘lib olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tojikistondan 16 kg giyohvand modda olib kirgan shaxs qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 17.06.2025 13:27

    'Qashqadaryoda soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 16.06.2025 08:42

    Qashqadaryoda soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari pora bilan ushlandi

    Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Buxoroda mansabdorlar davlat manfaatlariga katta moddiy zarar yetkazdi'ning rasmi

    Jinoyat 13.06.2025 19:47

    Buxoroda mansabdorlar davlat manfaatlariga katta moddiy zarar yetkazdi

    Qonunbuzarlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan aniqlandi.

    'Qashqadaryoda hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

    Jinoyat 13.06.2025 12:24

    Qashqadaryoda hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.

    'Farg‘onada “Hizb-ut-Tahri”ga aloqador shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 12.06.2025 09:17

    Farg‘onada “Hizb-ut-Tahri”ga aloqador shaxs qo‘lga tushdi

    U o‘zi bilan birga yana to‘rt nafar shaxsni tashkilot faoliyatiga jalb qilgan.

    'Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 09.06.2025 12:14

    Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    U yer ajratish va hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga fuqarodan 4000 dollar talab qilgan.