AsosiyDunyo

“Yevrokomissiya” Rossiyaning gaz va neftidan voz kechish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi

Bryusselda o‘tkazilgan brifingda “Yevrokomissiya” 2027 yil oxirigacha ushbu energiya resurslaridan butunlay voz kechishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini e’lon qildi.

'“Yevrokomissiya” Rossiyaning gaz va neftidan voz kechish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi'ning rasmi

Yevropa Ittifoqi Rossiyadan gaz va neft importini bosqichma-bosqich to‘xtatish niyatida. Bryusselda o‘tkazilgan brifingda Yevrokomissiya 2027 yil oxirigacha ushbu energiya resurslaridan butunlay voz kechishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini e’lon qildi. Bu haqda “DW” nashri xabar bermoqda.

“Bu tijorat aloqalarining kelajagi yo‘q”, — deydi Yevroittifoqning yuqori lavozimli rasmiysi. Unga ko‘ra, Rossiya bir necha bor o‘zini ishonchsiz hamkor sifatida ko‘rsatgan, bosim, shantaj va manipulyatsiyalardan tiyilmagan.

Bosqichma-bosqich rad etiladi

Yangi hujjatga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya bilan yangi gaz shartnomalarini tuzish taqiqlanadi. 2026 yil 17 iyungacha – mavjud qisqa muddatli shartnomalar orqali importga ruxsat beriladi. 2027 yil oxirigacha – uzoq muddatli shartnomalar ham to‘xtatiladi.

Bu cheklovlar nafaqat quvur orqali yetkazib beriladigan, balki dengiz orqali olib kiriladigan suyultirilgan gazga ham tegishli bo‘ladi. Xuddi shu muddatda Rossiya nefti importi ham to‘xtatiladi.

Yana kim qarshi?

Hozirda hujjat Yevroittifoqga a’zo davlatlar doimiy vakillariga taqdim etilgan. Ular qonun loyihasini tahlil qilib, takomillashtirish ustida ish olib boradi.

Shu bilan birga, avvalroq Vengriya va Slovakiya ushbu tashabbusga qarshi chiqqan. Ular Rossiya gaz va neftidan to‘liq voz kechish fikrini qo‘llab-quvvatlamayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar