AsosiySiyosat

Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari ishdan bo‘shatiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalq qabul xonasiga fuqarolarning masalasini hal qila oladigan fidoyi kadrlar o‘tirishi kerakligini aytdi.

'Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari ishdan bo‘shatiladi'ning rasmi

Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatiladi va masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan to‘ldiriladi.  Bu haqda  bugun, 16 iyun kuni amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

“Xalq qabulxonalari tizimi ham aholi dardini eshitib, masalalarni hal qilish o‘rniga murojaatlarni davlat tashkilotlariga taqsimlovchi “dispetcher”ga aylanib qoldi”, — deydi prezident.

Xususan, o‘tgan yili virtual qabulxona va xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlarning 55 foizi ijobiy hal etilmagan. Murojaatlar hal bo‘lmagani uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar ko‘paygan. Ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p murojaatlar huquq-tartibot idoralari va sud, hokimliklar, ta’lim, ekologiya sohalariga to‘g‘ri keladi. Mingga yaqin murojaatlarda Prezidentning shaxsiy qabuli so‘ralgan.  

“Ayniqsa, Toshkent shahri va Buxoroda mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlar ko‘payganini hokimlar qachon tahlil qilgan? Vazirlar va hokimlar murojaatlarga yechim bermasa, odamlar dodini kimga aytsin?

Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi turganini unutmasligimiz kerak!”— deydi Shavkat Mirziyoyev .

Tizimdagi kamchiliklar hisobga olinib, Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatilishi va masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan to‘ldirilishi qayd etildi.

Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qilishi belgilandi. Hokimlar har kuni ishini shu yerda aholi dardi va tashvishini eshitishdan boshlaydi.

“Hokimlar bir narsani tushunib olsin, bugun tug‘ilgan muammoni keyingi kunga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Murojaatni boshqa idoraga yubormasdan shu yerning o‘zida hal qiladi”, deydi Prezident.

Buning uchun tuman hokimining vakolatlari kengaytiriladi. Masalalarni hal qilish uchun qo‘shimcha resurs ham beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda jinsini o‘zgartirgan fuqarolarga ism-sharifini o‘zgartirishga ruxsat berildi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 13:40

    O‘zbekistonda jinsini o‘zgartirgan fuqarolarga ism-sharifini o‘zgartirishga ruxsat berildi

    Bu haqda fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish qoidalariga kiritilgan hukumat qaroriga binoan o‘zgarishlar kiritildi.

    '1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 13:37

    1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi

    Xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus beriladi.

    'Prezident kameralar faqat jarima yozish uchun ishlayotganini tanqid qildi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 13:24

    Prezident kameralar faqat jarima yozish uchun ishlayotganini tanqid qildi

    Aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekani qayd etildi.

    'Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning o‘zida tugatishga qaror qilindi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 10:41

    Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning o‘zida tugatishga qaror qilindi

    Prezident raisligidagi videoselektorda inspeksiya faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro haqida keskin gapirdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 09:53

    Shavkat Mirziyoyev Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro haqida keskin gapirdi

    O‘zbekiston yetakchisiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi holat mintaqaga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.

    'O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 11.06.2025 21:03

    O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

    Shavkat Mirziyoyev Putin va ko‘p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan davlat bayrami - Rossiya kuni bilan samimiy tabrikladi.