AsosiyDunyo

Tel-Aviv yaqinida turar-joy binosi vayron bo‘ldi

Oqibatda voqea joyidan 6 kishining, jumladan, 8 yoshli qizchaning jasadi topilgan.

'Tel-Aviv yaqinida turar-joy binosi vayron bo‘ldi'ning rasmi

Eronning 15 iyunga o‘tar kechasi Isroil bo‘ylab raketa zarbalari oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lib, 200 dan ortiq kishi yaralangan. Bu haqda The Times of Israel nashri "Magen David Adom" qutqaruv xizmatiga tayanib xabar tarqatdi.

Tel-Aviv chekkasidagi Bat-Yam shaharchasida ballistik raketa ko‘p qavatli turar-joy binosiga kelib urildi. Tarmoqlarda uyga zarba berilishi aks etgan videoyozuv paydo bo‘lgan.

Isroil rasmiylariga ko‘ra, Bat-Yamdagi uyga berilgan zarba oqibatida olti kishi, jumladan, sakkiz yoshli qizcha halok bo‘lgan. 180 ga yaqin kishi jarohatlangan. Yetti kishi bedarak yo‘qolgan.

    Boshqa yangiliklar