AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda soxta "profilaktika inspektori" fuqaroni aldab 500 dollar pora oldi

"Profilaktika inspektori" ayoldan yana 1,5 mln so‘m olayotganda qo‘lga tushgan.

'Qashqadaryoda soxta "profilaktika inspektori" fuqaroni aldab 500 dollar pora oldi'ning rasmi

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchi shaxs o‘zini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi, qo‘lida turli foto va videotasvirlar borligini aytib, bo‘limga chaqirgan.

Ayol borolmasligini ma’lum qilgan, o‘zini profilaktika inspektori deb tanishtirgan shaxs esa ayoldan ishni hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan. Uning so‘zlariga ishongan ayol shaxsiy ma’lumotlari oshkor bo‘lmasligi uchun soxta profilaktika inspektori talab qilgan pullarni uning plastik kartasiga tashlab beradi.

Shundan so‘ng soxta profilaktika inspektori fuqarodan ushbu ishni batamom yopish uchun yana 1,5 mln so‘m talab qilib, pulni olayotgan vaqtda huquq tartibot organlari tomonidan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Boshqa yangiliklar