AsosiyDunyo

Eron havo hududining yopilishi sababli bir nechta reyslar Toshkentdagi aerodromga yo‘naltirildi

Uzbekistan Airways'ning Toshkent — Jidda reysi qaytib qo‘ndi, Centrum Air'ning Toshkent — Doha reysi kechiktirildi.

'Eron havo hududining yopilishi sababli bir nechta reyslar Toshkentdagi aerodromga yo‘naltirildi'ning rasmi

Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways aviakompan iyasining Toshkent — Jidda yo‘nalishidagi HY5343 reysi soat 6:18 da Toshkent aeroportiga qaytib qo‘ndi. Fly Dubai kompaniyasining Toshkent — Dubay yo‘nalishidagi FZ1942 reysi esa mahalliy vaqt bilan soat 6:37 da qo‘ndi.

Centrum Air’ning Toshkent — Doha yo‘nalishi bo‘yicha C63341 reysi uchish aeroportida kechiktirildi. Yo‘lovchilar vaqtinchalik terminalga joylashtirildi.

Shuningdek, Air Cairo aviakompaniyasining Olmaota — Sharm ash-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha SM882 reysi (07:46) va Qatar Airways aviakompaniyasining Seul — Doha yo‘nalishi bo‘yicha QR8985 reysi (07:57) Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

Uzbekistan Airports parvozlar holati haqida batafsil ma’lumot olish uchun aviatashuvchiga murojaat qilish mumkinligini eslatib o‘tdi.

13 iyunga o‘tar kechasi Isroil kuchlari "Eron rejimining davom etayotgan tajovuziga javob" sifatida uning bir qancha harbiy obyektlariga, jumladan, yadroviy dasturi bilan bog‘liqlariga zarba berdi. Netanyahu "misli ko‘rilmagan" harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Mamlakatning havo hududi yopiq. Eron ham o‘z havo hududini yopgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yevroittifoq Ukrainadagi katta budjet teshigini qanday yopishni izlamoqda'ning rasmi

    Dunyo 08.07.2025 18:29

    Yevroittifoq Ukrainadagi katta budjet teshigini qanday yopishni izlamoqda

    Gap harbiy yordamni budjetdan tashqari grantlar shaklida yuborish bo‘yicha ketyapti.

    'Rossiyada huquq himoyachilari va jurnalistlar uyida tintuvlar o‘tkazildi'ning rasmi

    Dunyo 08.07.2025 17:19

    Rossiyada huquq himoyachilari va jurnalistlar uyida tintuvlar o‘tkazildi

    Bu harakatlar “davlatga xiyonat” moddasiga oid jinoyat ishi doirasida amalga oshirilgan

    'Rossiya Ukrainaga yana hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 08.07.2025 16:28

    Rossiya Ukrainaga yana hujum qildi

    Hujum ortidan 9 kishi jarohat olgan.

    'Armaniston parlamenti yana keskinlik markazida'ning rasmi

    Dunyo 08.07.2025 14:56

    Armaniston parlamenti yana keskinlik markazida

    Deputatlar o‘rtasida navbatdagi janjal mushtlashuv bilan yakunlandi

    ''ning rasmi

    Dunyo 08.07.2025 13:57

    'Chet eldan qaytgan fuqarolarni OIVga majburiy tekshirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi'ning rasmi

    Dunyo 08.07.2025 13:38

    Chet eldan qaytgan fuqarolarni OIVga majburiy tekshirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi

    U Senatda ma’qullanib, prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi.