AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 1-sinfga qabul qachondan boshlanishi e’lon qilindi

MMTV videoqo‘llanma e’lon qildi.

'O‘zbekistonda 1-sinfga qabul qachondan boshlanishi e’lon qilindi'ning rasmi

O‘zbekistonda 2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul joriy yilning 20 iyunidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

  • 1-bosqich: 20 iyundan 31 iyulgacha mikrohudud doirasida;
  • 2-bosqich: 1 avgustdan 15 avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda ota-onalar 20 iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishi mumkin.

“Hurmatli ota-onalar, videoyo‘riqnoma bilan tanishib chiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali o‘zingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.

Qayd etish joiz, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar