AsosiyJamiyat

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi.

'Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi'ning rasmi

Markaziy bank boshqaruvi 2025 yil 12 iyunda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qaror qabul qildi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi oylardagi iqtisodiy faollik va iste’mol talabi dinamikalari hamda bazaviy inflyatsiyaning o‘sish tendensiyasi iqtisodiyotda inflyatsion bosimlar saqlanib qolayotganidan dalolat bermoqda. Bu, o‘z navbatida, umumiy inflyatsiyaning may oyidagi bir oz pasayishiga qaramasdan inflyatsiya prognozi trayektoriyasidan yuqori shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur sharoitda inflyatsion jarayonlarga energiya narxlari oshishining ikkilamchi ta’sirlarini pasaytirish va umumiy inflyatsiyaning barqaror pasayuvchi trendga o‘tishini ta’minlash maqsadida asosiy stavka joriy darajasida qoldirildi.

Yil boshidan o‘suvchi trendda shakllanib kelgan umumiy inflyatsiya darajasi may oyida o‘tgan yilgi energiya tariflari oshirilishining birlamchi ta’siri chiqib ketishi hisobiga pasayib, yillik 8,7 foizga teng bo‘ldi. Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari umumiy inflyatsiyadan yuqori darajada shakllanmoqda.

Xizmatlar inflyatsiyasi tezlashishi hisobiga bazaviy inflyatsiyaning o‘suvchi dinamikasi davom etib, may oyida yillik 8,5 foizga yetdi. Iqtisodiyotda yalpi talab yuqoriligi sharoitida joriy energiya narxlari oshirilishining ikkilamchi ta’sirlari yuzaga chiqishi inflyatsion bosimlarning uzoqroq davom etishiga ishora beradi.

2025 yilning yanvar–may oylarida iqtisodiyotdagi yuqori faollik yalpi talabning shakllanishida asosiy omillardan biri bo‘ldi. Bu savdo va pullik xizmatlardan tushumlar va transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmlarining oshishi hamda banklararo tranzaksiyalar hajmi va ko‘chmas mulk savdosi bitimlari soni o‘sishida namoyon bo‘lmoqda.

Shuningdek, iqtisodiyotga kredit ajratish sur’atlarining yuqori darajada saqlanib qolayotgani va budjet xarajatlarining o‘sishi ham iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishga hissa qo‘shmoqda. Ushbu omillar kelgusida yalpi talabni qo‘llab-quvvatlab, iqtisodiyotdagi narxlar darajasiga bosimni kuchaytirishi mumkin.

Jahon iqtisodiyotidagi noaniqliklar hamda xalqaro savdodagi keskinliklar natijasida ko‘p davlatlarda pul-kredit sharoitlari qat’iyligi uzoqroq davom etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, so‘nggi oylardagi ayrim oziq-ovqatlar jahon narxlari o‘sishi kelgusida ichki narxlarga qo‘shimcha bosim yaratishi ehtimoli mavjud.

An’anaviy eksport tovarlari birja narxlarining yuqori darajada saqlanib qolishi va hamkor davlatlarda almashuv kursi mustahkamlanishi eksport tushumlari hamda transchegaraviy pul o‘tkazmalari o‘sishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu, o‘z navbatida, mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimi oshishi bilan birga ichki valyuta bozorida takliflarning barqaror shakllanishiga xizmat qilib, kelgusi oylarda almashuv kursi tomonidan inflyatsiyaga bosimlarning kamayishiga hissa qo‘shadi.

Pul-kredit sharoitlarining joriy qat’iylik darajasi saqlab qolinishi kelgusida kreditlash hajmi o‘sishining mo‘tadillashuvi va depozitlarning yuqori o‘sish sur’atlari davom etishini ta’minlaydi. Bu yalpi talabni muvozanatlashtiruvchi va monetar omillarning inflyatsiyaga ta’sirini kamaytiruvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olib, narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadidaMarkaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani o‘zgarishsiz, 14 foiz darajasida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Markaziy bank tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyaning 5 foizlik target darajasigacha pasayishiga erishish uchun pul-kredit sharoitlarining yetarli darajada qat’iyligi ta’minlanadi.

Iqtisodiyotdagi yalpi talab va ikkilamchi ta’sirlarning narxlarga oshiruvchi bosimlari kelgusi oylarda kutilganidan ko‘ra kuchayishi bo‘yicha ehtimollar va asoslar yuzaga kelgan taqdirda pul-kredit sharoitlari qat’iyligi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston sug‘orish tizimlarini yangilash uchun 250 mln dollar qarz oladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:19

    O‘zbekiston sug‘orish tizimlarini yangilash uchun 250 mln dollar qarz oladi

    Ushbu mablag‘ni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ajratadi.

    'Ilk bor Toshkent–Alanya–Toshkent yo‘naliishida parvozlar yo‘lga qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:45

    Ilk bor Toshkent–Alanya–Toshkent yo‘naliishida parvozlar yo‘lga qo‘yildi

    Uzbekistan Airways parvozlarni ta’minlash uchun barcha zarur ruxsatnomalarni olgan.

    'Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:36

    Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan gaz ta’minoti tashkilotiga katta miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

    'Ayrim ota-onalarga farzandi uchun moddiy yordam beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:07

    Ayrim ota-onalarga farzandi uchun moddiy yordam beriladi

    Agar bolalar egizak bo‘lsa, yordam har bir bola uchun alohida hisoblanadi.

    '“Buzib tashla!” — Buxoro hokimining videosi yuzasidan hokimlik izoh berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:32

    “Buzib tashla!” — Buxoro hokimining videosi yuzasidan hokimlik izoh berdi

    Munosabatda Buxoro viloyati hokimligi “buzib tashla” so‘zi noto‘g‘ri talqin etilganini aytmoqda.

    'Andijon hamda Buxoro hokimlarining fuqaroni haqorat qilgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:06

    Andijon hamda Buxoro hokimlarining fuqaroni haqorat qilgani aytilmoqda

    Holat yuzasidan hokimliklar tomonidan hech qanday izoh berilmadi.