AsosiyDunyo

Eron razvedkasi Isroilga og‘ir zarba berdi

Eron razvedka xizmati Isroildan juda maxfiy hujjatlarni qo‘lga kiritdi. Bu holat “Tel-Aviv” rejimi uchun tarixiy razvedka mag‘lubiyati bo‘ldi.

'Eron razvedkasi Isroilga og‘ir zarba berdi'ning rasmi

Tehron 11 iyun kuni rasmiy bayonotida, Eron razvedkasi Isroildan olingan maxfiy hujjatlar “Zionist rejim”ning xavfsizlik tizimidagi katta zaifliklarini ochib berganini e’lon qildi.

Bayonotda aytilishicha, bu operatsiya “Eron qarshilik o‘qi” uchun misli ko‘rilmagan g‘alaba hisoblanadi. Hujjatlar Isroilning yadroviy qurollar, raketa dasturlari, ikki maqsadli texnologiyalar hamda yadro loyihalarini AQSH va Yevropa bilan yashirin aloqa orqali yuritayotganini fosh qilgan.

Eron hukumati bu ma’lumotlarning bir qismini do‘st davlatlar bilan almashishni, boshqa qismini esa ilmiy va harbiy maqsadlarda ishlatishni rejalashtirgan.

Shuningdek, hujjatlar G‘arb davlatlarining Isroil yadro dasturlarini moliyalashtirgani va himoya qilganini ham ochiqlagan. Eron bu holatni “ikkiyuzlamachilik” deb atadi — chunki aynan shu davlatlar yillar davomida Eronga nisbatan bosim o‘tkazib keladi.

Rasmiy Tehron ushbu operatsiyani “Zionist rejim tarixidagi eng kuchli razvedka muvaffaqiyatsizligi” deb atadi.

    Boshqa yangiliklar