AsosiyDunyo

Ukrainadan signal: Rossiya asirligidan yarador harbiylar qaytarildi

Prezident Zelenskiy Istanbuldagi kelishuv doirasida Ukraina harbiylarining Rossiya asirligidan bosqichma-bosqich qaytarilayotganini ma’lum qildi.

'Ukrainadan signal: Rossiya asirligidan yarador harbiylar qaytarildi'ning rasmi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 10 iyun kuni Rossiya asirligidan yarador ukrainalik harbiylar qaytarilganini e’lon qildi. “Bu Istanbulda erishilgan kelishuv doirasidagi ilk bosqich. Qaytganlarning barchasi zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj. Bu — muhim gumanitar qadam”, — deb yozdi Zelenskiy Telegram’dagi sahifasida.

Qaytarilganlar orasida Ukraina Qurolli Kuchlari, Milliy gvardiyasi, Davlat chegara xizmati va Maxsus transport xizmati xodimlari bor. Prezident ularning har birini “qahramon” deb atadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham 10 iyun kuni ketma-ket ikkinchi bor harbiy asirlar almashuvi bo‘lib o‘tganini tasdiqlagan.

Mazkur almashuv xalqaro vositachilik, xususan Turkiya ishtirokida amalga oshirilganiga ishora qilinmoqda.

Ushbu holat, urush davom etayotganiga qaramay, insoniylik va gumanitar yondashuvlar uchun hamon joy mavjudligini ko‘rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar