AsosiySiyosat

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 50 mlrd dollarni tashkil etdi

Bu Markaziy bankning 2013 yildan buyon kuzatuvlari tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.

'O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 50 mlrd dollarni tashkil etdi'ning rasmi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2025 yil may oyi yakuniga ko‘ra 49,66 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Bu Markaziy bankning 2013 yildan buyon kuzatuvlari tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.

Aprel oyi bilan taqqoslaganda zaxiralar 410,2 mln dollarga yoki 0,83 foizga oshdi. Zaxiralar oshishi ketma-ket beshinchi oy davom etmoqda. Yil boshidan buyon o‘zish 8,48 milliard dollarni tashkil etdi (20,6 foizga oshdi).

Zaxiralardagi oltin miqdori fizik hajmi bir oz kamayib, 11,4 troya unsiya (353,85 tonna)ni tashkil etdi. Shunga qaramay, qimmatbaho metall narxi ko‘tarilishi sabab uning narxi 2,2 million dollarga oshib, 37,65 milliard dollarni tashkil etdi.

    Boshqa yangiliklar