AsosiyDunyo

Toshkentda 4 ta uy alanga ichida qoldi

Yong‘in sodir bo‘lgan xonadonlarning birida yoqilg‘i moylash mahsuloti saqlanganligi taxmin qilinmoqda.

'Toshkentda 4 ta uy alanga ichida qoldi'ning rasmi

Bugun, 5 iyun kuni poytaxt Toshkentning Olmazor tumanida 4 ta uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yong‘in 06:27 da Toshkent shahar, Olmazor  tumani, Farobiy 4-tor ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 06:32 da voqea joyiga yetib borib, 07:12 da yong‘in qurshab olingan. Shu bilan yong‘in 07:34 to‘liq bartaraf etilgan.

Aytilgan manzilda joylashgan shaxsiy xonadonlar bir biriga tutash bo‘lganligi sababli yong‘in oqibatida 4 ta xonadon yonib zararlangani aniqlandi.

Ma’lumot uchun, hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar tushmagan.

    Boshqa yangiliklar