TikTok ijtimoiy tarmog‘i “#SkinnyTok” xeshtegini butun dunyo bo‘ylab blokladi.
Kompaniya bu qarorni yosh foydalanuvchilarning sog‘lig‘i va ruhiy holatini himoya qilish maqsadida qabul qilgan.
Fransiya hukumati va Yevropa Ittifoqi vakillari TikTok’dan bu borada aniq choralar ko‘rishni talab qilgan edi.
So‘nggi oylarda “#SkinnyTok” xeshtegi ostida ozg‘inlikni targ‘ib qiluvchi, zararli parhez va turmush tarzini targ‘ib etuvchi videolar soni ortgani kuzatilgan.
Endi ushbu xeshtegni izlagan foydalanuvchilar TikTokning ruhiy salomatlik bo‘yicha yordam sahifasiga yo‘naltiriladi.
Fransiyaning raqamli ishlari bo‘yicha vaziri Klara Shappaz bu qarorni “katta yutuq” deb atadi. U ikki oy davomida TikTok vakillari bilan muloqot olib borib, xavfli kontentga qarshi kurashishni talab qilgan.
TikTok esa bu harakatlarni o‘zining xavfsizlik siyosatini takomillashtirish va yoshlarni himoya qilish doirasida amalga oshirayotganini bildirdi.