AsosiyDunyo

Quyosh chaqnashi elektr va sun’iy yo‘ldosh tizimlarida uzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin

Geomagnit faollikning kuchli darajalari bugun ham saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.

'Quyosh chaqnashi elektr va sun’iy yo‘ldosh tizimlarida uzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin'ning rasmi

2025 yil 30 may kuni Quyoshda sodir bo‘lgan chaqnash energetika va sun’iy yo‘ldosh infratuzilmasi faoliyatida uzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda AQSH Milliy okean va atmosfera ma’muriyati (NOAA) tarkibidagi Kosmik ob-havo prognozlari markazi (SWPC) ma’lum qildi.

SWPC bayonotiga ko‘ra, quyosh buroni elektr ta’minoti tizimlari, sun’iy yo‘ldosh aloqalari va navigatsiya signallariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, elektr uzatish tarmoqlaridagi kuchlanishni nazorat qilishda muammolar va qisqa muddatli uzilishlar yuzaga kelishi xavfi alohida ta’kidlangan.

Geomagnit faollikning kuchli darajalari 1 va 2 iyun kunlari saqlanib qolishi mumkin. Prognozlarga ko‘ra, 3 iyundan boshlab buronning ta’siri G1 va G2 darajasigacha – o‘rtacha va yengil darajalarga tushishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, mutaxassislar geografik jihatdan yuqori bo‘lgan mintaqalarda shimoliy chaqnashni kuzatish imkoni borligini ham qayd etganlar.

    Boshqa yangiliklar