AsosiySport

BAA-O‘zbekiston o‘yiniga ketayotgan muxlislar ogohlantirildi

O‘zbekistonlik muxlislarning o‘yingohga sig‘maslik ehtimoli yuqori ekani va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi bildirildi.

'BAA-O‘zbekiston o‘yiniga ketayotgan muxlislar ogohlantirildi'ning rasmi

Joriy yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining hal qiluvchi o‘yinlaridan birini Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida fan-klub a’zolari bilan birgalikda 5 ming nafar O‘zbekiston fuqarosini tomoshabin sifatida BAAga olib borish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur vaziyat fonida Toshkent shahar turizm boshqarmasi shaharda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga shu kunlarda turpaketlar orqali turistlarni BAAga yubormaslik choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.

Gap shundaki, BAAning “Al Vahda” futbol jamoasi uy o‘yingohi (“Ol-Nahayon”) 12 ming tomoshabin sig‘imiga ega, Osiyo futbol konfederatsiyasi qoidalariga ko‘ra mezbon tomondan mehmon tomonning tomoshabinlari uchun sig‘imning 8 %ini (960 nafar) ajratish majburiyatini oladi. Sport sohasiga ixtisoslashgan yirik blogerlar tomonidan esa ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida fan-klub a’zolari bilan birgalikda 5 ming nafar O‘zbekiston fuqarosini tomoshabin sifatida Amirliklarga olib ketish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘zbekistonlik muxlislarning o‘yingohga sig‘maslik ehtimoli yuqori ekanini va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini anglatadi.

Shu munosabat bilan, BAA aeroportlarida xavfsizlik idoralari tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining qaytarib yuborishga asos sifatida taxmin qilinayotganligini inobatga olib, ushbu kunlari BAAga turpaketlar orqali turistlarni yubormaslik choralarini ko‘rish tavsiya etilgan.

    Boshqa yangiliklar