AsosiySport

O‘zbekiston-Qatar o‘yiniga chiptalarning onlayn sotuvi bekor qilindi

Ushbu o‘yin uchun chiptalar faqatgina oflayn sotiladi.

'O‘zbekiston-Qatar o‘yiniga chiptalarning onlayn sotuvi bekor qilindi'ning rasmi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 10 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasini qabul qiladi. Ushbu o‘yin uchun chiptalar faqatgina oflayn sotiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, chipta sotuvchi platforma va O‘FA huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda, avvalgi o‘yinlar tajribasidan kelib chiqib, firibgarlik va chiptalar qalbakilashtirilishining oldini olish maqsadida faqat “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionida oflayn savdo tartibini joriy etadi.

“Mazkur chiptalar maxsus kodlangan. Avvalgi uchrashuvlarda firibgarlar elektron chiptalarni soxtalashtirib, ko‘plab muxlislarning stadionga kirolmasligiga sababchi bo‘lgandi. Chiptalar sotuvi boshlanish sanasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2026 yil AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklariga, 10 iyun kuni  esa Toshkentda Qatarga qarshi maydonga tushadi. Temur Kapadze qo‘l ostidagi jamoa A guruhida 17 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Agar jamoa BAAga qarshi o‘yinda bir ochko qo‘lga kiritsa, muddatidan avval mundial masalasini hal qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh siyosatiga norozilik sifatida 17 mingga yaqin muxlis JCh chiptalarini qaytardi'ning rasmi

    Sport 14.01.2026 12:45

    AQSh siyosatiga norozilik sifatida 17 mingga yaqin muxlis JCh chiptalarini qaytardi

    AQSh, Meksika va Kanadada o‘tkaziladigan 2026 yilgi Jahon chempionati uchun olingan chiptalar omma ravishda qaytarilmogda.

    'Bugun O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi.'ning rasmi

    Sport 13.01.2026 07:19

    Bugun O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi.

    Uchrashuv “Prins Faysal bin Fahd” stadionida, Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

    '“Barselona” “Real”ni mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi'ning rasmi

    Sport 12.01.2026 04:39

    “Barselona” “Real”ni mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi

    Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona" "Real Madrid" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

    '"Real" bosh murabbiyi Mbappening Superkubok finalida o‘ynashiga oydinlik kiritdi'ning rasmi

    Sport 09.01.2026 06:27

    "Real" bosh murabbiyi Mbappening Superkubok finalida o‘ynashiga oydinlik kiritdi

    Mutaxassisning aytishicha, frantsiyalik yulduzning "El-Klasiko"da ishtirok etishi ehtimoli bor.

    'UFC chempioni Ilia Topuria sud majlisida qatnashdi'ning rasmi

    Sport 08.01.2026 11:15

    UFC chempioni Ilia Topuria sud majlisida qatnashdi

    Yengil vazn chempioni Ispaniyada boʻlib oʻtgan sud jarayonida oilaviy masala yuzasidan ishtirok etdi.

    '"Barselona" Ispaniya Superkubogi finaliga yo'l oldi'ning rasmi

    Sport 08.01.2026 06:10

    "Barselona" Ispaniya Superkubogi finaliga yo'l oldi

    Ҳанси Флик шогирдлари ярим финалда “Атлетик Билбао”ни йирик ҳисобда мағлуб этди.