AsosiyMadaniyat

Farrux Zokirovga Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni topshirildi

Ordenni Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova topshirdi.

'Farrux Zokirovga Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni topshirildi'ning rasmi

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovga kecha, 29 may kuni Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” ordeni topshirildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi. 

Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” forumlar saroyida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi.

Farrux Zokirovga ordenni Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova topshirdi. 

Qayd etish joiz, “Do‘stlik” ordeni Rossiyada 1994 yil bahorida ta’sis etilgan. U Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.

Ma’lumot uchun, 78 yoshli Farrux Zokirov bir vaqtning o‘zida 7 ta – O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ingushetiya, Tatariston va Boshqirdistonning xalq artisti hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Keti Perri va Orlando Blum ajralganini e’lon qildi'ning rasmi

    Madaniyat 04.07.2025 17:26

    Keti Perri va Orlando Blum ajralganini e’lon qildi

    Dunyo shou-biznesining eng mashhur juftliklari farzandlarini urish-janjalsiz muhitda tarbiyalash uchun bu qarorga kelganini aytgan.

    '"Oskar" ham najot keltirmagan qora tanli aktirsa'ning rasmi

    Madaniyat 10.06.2025 17:26

    "Oskar" ham najot keltirmagan qora tanli aktirsa

    "Shamolda qolgan hislarim" filmidagi "Onaxon"ning og‘riqli qismati.

    'Tom Kruz "Uddalab bo‘lmas topshiriq"ning so‘nggi filmidagi tryuki bilan Ginness rekordlar kitobiga kirdi'ning rasmi

    Madaniyat 06.06.2025 20:11

    Tom Kruz "Uddalab bo‘lmas topshiriq"ning so‘nggi filmidagi tryuki bilan Ginness rekordlar kitobiga kirdi

    62 yoshli aktyor yonayotgan parashyutda sakrash sahnasi uchun 16 marta dubl qilgan.

    'Markaziy Osiyo modasining qayta tiklanishi'ning rasmi

    Madaniyat 02.06.2025 17:45

    Markaziy Osiyo modasining qayta tiklanishi

    Londonda o‘zbek milliy va zamonaviy uslubni uyg‘unlashtirgan dizayner e’tirof etildi.

    'Bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi'ning rasmi

    Madaniyat 31.05.2025 22:30

    Bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi

    U o‘z umrini san’atga bag‘ishlab, 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratgan.

    '“Sahna ortidagi sukut”: Fonogramma cheklovi kimni ojiz, kimni asl ko‘rsatadi?'ning rasmi

    Madaniyat 09.05.2025 09:00

    “Sahna ortidagi sukut”: Fonogramma cheklovi kimni ojiz, kimni asl ko‘rsatadi?

    Endi har bir san’atkor o‘z ovozi, nafas nazorati va sahnadagi barqarorligi bilan ko‘rina boshlaydi.