AsosiyDunyo

Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot favqulodda Qozonga qo‘ndi

Moskva aeroportlari dronlar hujumi sababli samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatgan.

'Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot favqulodda Qozonga qo‘ndi'ning rasmi

Toshkentdan Moskvaga parvozni amalga oshirayotgan SU1871 reysi 28 may kuni dronlarning hujumi tufayli Qozonga qo‘ndi. Yo‘lovchilar 4 soat davomida ularni samolyotdan chiqarishmaganini aytmoqda. Bu haqda yo‘lovchilar murojaatiga tayanib, “Ostorojno Novosti” Telegram kanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvadagi aeroportlar yopilgani sababli tungi soat 03:00 da Toshkentdan havoga ko‘tarilgan samolyot Qozonga yo‘naltirilgan. Soat 04:55 dan beri yo‘lovchilar samolyotda qolmoqda, ularga na Moskvaga parvoz haqida ma’lumot berilgan, na samolyotdan chiqishga ruxsat etilgan.

Gazaklar berilmadi, parvoz haqida ma’lumot berishmayapti! Vaholanki, havo hududi allaqachon ochilgan. Ikki soat oldin bizni Qozonda samolyotdan tushirishmoqchi ekani haqida ma’lumot bor edi, keyin yana (“Aeroflot”) kompaniyaning qarorini kutayotganimizni aytishdi, deydi yo‘lovchilar.

Shundan so‘ng yo‘lovchilarga yaqin 12 soat ichida parvoz rejalashtirilmagani, “ekipajning ish smenasi tugagani va Qozon aeroporti samolyotlarni qabul qilmayotgani” haqida xabar berilgan. “Aeroflot” aviakompaniyasi xodimlariga ko‘ra, aeroport haddan ortiq yuklangan va qo‘nishga ruxsat bermayapti.

Moskva aeroportlari dronlar hujumi sababli samolyotlarni qabul qilmayapti.

28 may kuni tun bo‘yi va ertalabgacha davom etgan dronlar hujumi sababli Moskva aeroportlarida yuzlab reyslar kechiktirilgan. Vnukovoda yarim tundan boshlab 64 ta uchish va 74 ta qo‘nish reysi kechikkan.

Vnukovoga yo‘l olgan samolyotlarning bir qismi keyinchalik ish faoliyatini cheklagan Sheremetevoga, ayrimlari esa Sankt Peterburgning Pulkovo aeroportiga yo‘naltirilgan. So‘nggi aeroport zaxira maydon sifatida bir kechada 14 ta reysni qabul qilgan.

Domodedovoda 30 ga yaqin uchish, shuningdek, 39 ta qo‘nish reysi, Sheremetevoda 60 dan ortiq uchish va 23 ta qo‘nish reysi, Jukovskiyda ikkita uchish va oltita qo‘nish reysi kechiktirilgan yoki bekor qilingan. “Rosaviatsiya” xabar berishicha, poytaxt aeroportlaridagi cheklovlar Toshkent vaqti bilan soat 9:15 da bekor qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron AQSHning Quvaytdagi harbiy bazasiga bergan zarbasi oqibatida necha nafar askar halok bo‘lgani ochiqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:54

    Eron AQSHning Quvaytdagi harbiy bazasiga bergan zarbasi oqibatida necha nafar askar halok bo‘lgani ochiqlandi

    Tarmoqlarga sizdirilgan ushbu ma'lumotni AQSh Markaziy qo'mondonligi tasdiqlagan.

    'Buxoroda terrorizmni moliyalashtirgan ota 10 yilga qamaldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:57

    Buxoroda terrorizmni moliyalashtirgan ota 10 yilga qamaldi

    Suriyadagi jangarilarga kriptovalyuta yuborgan fuqaro sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

    'Tibbiyot OTMlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:19

    Tibbiyot OTMlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

    Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi tizimini isloh qilishga qaratilgan prezident farmoni loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.

    'Саудия Арабистонидаги энг йирик нефть заводига Исроил ҳужум қилдими?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:38

    Саудия Арабистонидаги энг йирик нефть заводига Исроил ҳужум қилдими?

    Ma'lumotlarga ko'ra, Saudiya Arabistoni neft ob'ektlari Eron hujumlarining nishonlari qatoriga kirmagan.

    'Ar-Riyoddagi AQSh elchixonasi hududiga dronlar bilan hujum qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:24

    Ar-Riyoddagi AQSh elchixonasi hududiga dronlar bilan hujum qilindi

    Portlash ortidan kichik yong‘in yuz bergani, jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.