AsosiyJamiyat

Attestatsiyada yuqori ball olgan o‘qituvchilar Janubiy Koreyada malaka oshiradi

Koreyada o‘zaro tajriba almashishlari hamda maktablar faoliyati va ta’lim  jarayonlarini o‘rganishlari rejalashtirilgan.

'Attestatsiyada yuqori ball olgan o‘qituvchilar Janubiy Koreyada malaka oshiradi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Janubiy Koreya Respublikasi Seul ta’lim departamentining “KLIC Training Program” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda vazir o‘rinbosari Temur Komilov, mas’ullar va loyiha ishtirokchilar qatnashdi. 

Ma’lumot o‘rnida: mazkur loyiha Janubiy Koreya Respublikasi Seul ta’lim departamenti bilan hamkorlikda xalqaro tajribani o‘rganish, ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Unda har bir hududda yuqori ball bilan toifa sertifikatiga ega bo‘lgan informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilaridan 14 nafar o‘qituvchi va 1 nafar kordinator jami 15 nafar ustozlar qatnashmoqda.
 
Ular Koreyada 10 kun davomida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashishlari hamda Koreyaning umumta’lim maktablari faoliyati va ta’lim  jarayonlarini o‘rganishlari rejalashtirilgan. 

    Boshqa yangiliklar