Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida 2003 yilda tug‘ilgan shaxs 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroning kartasidan 92 mln 992 ming so‘m o‘g‘irladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7 may kuni Namangan viloyati IIB Kiber xavfsizlik bo‘limi va Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari o‘tkazilgan.
Unda shu yilning 10 fevral kuni Yangi Namangan tumani “Oromgoh” mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro D.M. ning plastik kartasidan 92 mln 992 ming so‘m pulni yechib olgan shaxs Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. ekani aniqlangan.