AsosiyJamiyat

Mubashshir Ahmad Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Avvalroq u diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash yoki tarqatishda ayblanib, IIV tomonidan xalqaro qidiruvga berilgandi.

'Mubashshir Ahmad Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi'ning rasmi

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy bloger Alisher Tursunov 8 may kuni Turkiyada huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinib, 10 may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Vazirlik qayd etishicha, Alisher Tursunovning ta’sisligidagi axborot platformalari orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumotlarda, tegishli ekspertiza xulosalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborot mavjud bo‘lgan.

Shu sababli, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244−1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish / bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) va 244−3-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish / bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil avgust oyida Mubashshir Ahmad 2017 yilda tashkil etgan Azon New Media guruhi (Azon.uz sayti, Azon FM onlayn radiosi, Azon TV onlayn televideniyesi) barcha loyihalarini to‘xtatgandi. Shundan so‘ng 2023 yil noyabrida to‘rt tilda (o‘zbek, rus, ingliz va turk) faoliyat yurituvchi Azon Global portali test rejimida ishga tushirilgan.

Avvalroq, joriy yilning 8 may kuni “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) Istanbulning Bahcheshehir mavzeidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgani haqida xabar berilgandi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryoda yirik bosimli nasos yorilib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:15

    Surxondaryoda yirik bosimli nasos yorilib ketdi

    Oqibatda yuqori bosimli suv otilishi kuzatilgan.

    'Ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:20

    Ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi

    Endilikda bir qator hujjatlarning qog‘oz shakli talab etilmaydi.

    'Buxorodagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni kaltakladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:05

    Buxorodagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni kaltakladi

    Tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

    'Farg‘onada portlagan zapravka ishi yuzasidan hukm e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:10

    Farg‘onada portlagan zapravka ishi yuzasidan hukm e’lon qilindi

    Korxona rahbari 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

    'O‘rikzordagi “Stroy Gorod” bozori nega yopildi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:57

    O‘rikzordagi “Stroy Gorod” bozori nega yopildi?

    Holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

    'Dehqonlar nega zarar ko‘ryapti?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:53

    Dehqonlar nega zarar ko‘ryapti?

    Mazkur masala “Taraqqiyot nuqtasi” deb nomlangan yangi munozarada muhokama qilindi.