AsosiyDunyo

Sovet kosmik kemasi "Kosmos-482" Hind okeaniga qulab tushdi

Ma’lum qilinishicha, harakat blokidagi nosozlik sababli qurilma Yerning yuqori elliptik orbitasida qolgan va asta-sekin sayyoraga yaqinlashib, qulagan.

'Sovet kosmik kemasi "Kosmos-482" Hind okeaniga qulab tushdi'ning rasmi

Osiyo yoki Markaziy Osiyo davlatlari hududiga tushishi taxmin qilinayotgan “Kosmos-482” kosmik apparati orbitadan chiqib, Hind okeaniga quladi deya xabar bermoqda Roskosmos.

Qayd etilishicha, fazoviy qurilma Moskva vaqti bilan 9:24 da (Toshkent vaqti bilan 11:24 da) atmosferaning zich qatlamlariga kirgan va Hind okeanidagi O‘rta Andaman orolidan 560 kilometr g‘arbda qulagan.

“Kosmos-482” qurilmasi — 1972 yil 31 martda Sovet Ittifoqining Venerani o‘rganish bo‘yicha sayyoralararo dasturi doirasida uchirilgan qurilma hisoblanadi. Uning uchirilish maqsadi Veneraning zich atmosferasi, harorati, bosimi, yoritilishi va yuzasining tarkibini o‘rganish edi. “Roskosmos” xabariga ko‘ra, harakat blokidagi nosozlik sababli qurilma Yerning yuqori elliptik orbitasida qolgan va asta-sekin sayyoraga yaqinlashib, qulagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 21:09

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 21:04

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 20:33

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:54

    'Mubashshir Ahmad hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:35

    Mubashshir Ahmad hibsga olindi

    Qo‘lga olinganidan to‘rt kun o‘tgan bo‘lsa-da, uning qayerdaligi, sog‘lig‘i haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

    'BAAda ajrashish uchun 100 million miqdorda tovon puli belgilandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:36

    BAAda ajrashish uchun 100 million miqdorda tovon puli belgilandi

    Bu miqdor Fors ko‘rfazi mamlakatlari uchun mutlaq rekord hisoblanadi.