AsosiyDunyo

Isroil Yaman energetika obyektlariga hujum qildi va Sanodagi aeroportni yo‘q qildi

Husiylar Isroilga nisbatan to‘liq havo muhosarasini e’lon qilgan va uning aeroportlariga muntazam zarbalar berishga va’da bergan edi.

'Isroil Yaman energetika obyektlariga hujum qildi va Sanodagi aeroportni yo‘q qildi'ning rasmi

Isroil harbiy-havo kuchlari Yaman poytaxti Sanodagi xalqaro aeroportni va bir necha muhim energetika obyektlarini bombardimon qildi. 

Isroil aviatsiyasi Sano xalqaro aeroportining asosiy yo‘lovchi terminali va texnik inshootlarini butunlay vayron qilgan. Bundan tashqari, poytaxtning turli tumanlarida joylashgan energiya obyektlari — Bani al-Xaris tumanidagi "Dahban" markaziy elektr stansiyasi, Sana janubidagi "Haziz" stansiyasi va Maiyn tumanidagi "Asr" elektr stansiyasi ham havo hujumlariga uchradi

Shuningdek, Amran viloyatida joylashgan sement zavodiga ham zarba berilgani xabar qilindi.

Isroil armiyasi hujum oldidan fuqarolarni aeroport hududini zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Armiya rasmiysi Avixay Adrai ijtimoiy tarmoqda shunday ogohlantiruv berdi:

«Aeroport hududini darhol tark eting, qolish hayotingiz uchun xavfli bo‘lishi mumkin».

Isroil rasmiylarining ta’kidlashicha, husiylar Sano aeroportini qurol va jangarilarni tashish uchun foydalanayotgan bo‘lgan va bu obyekt "harbiy maqsadda qo‘llanilgani" uchun yo‘q qilingan”.

Bu hujum 5 may kuni husiylar tomonidan Tel-Aviv yaqinidagi Ben Gurion xalqaro aeroportiga amalga oshirilgan raketalar hujumiga javob sifatida amalga oshirilgani aytilmoqda. Raketa Isroil havo mudofaa tizimi tomonidan to‘xtatilolmagan va aeroport atrofida katta chuqurliklar hosil qilgan.

Husiylar 5 may kuni Isroilga nisbatan to‘liq havo muhosarasini e’lon qilgan va uning aeroportlariga muntazam zarbalar berishga va’da bergan edi.

Bundan tashqari, 6 may kuni Isroil harbiylari Hudayda dengiz portini ham nishonga oldi. Hujum natijasida 4 kishi halok bo‘ldi, 39 nafar kishi yaralandi. Reuters agentligining manbalariga ko‘ra, portning 5ta doki, omborxonalar va bojxona hududining 70 foizdan ortig‘i shikastlangan. Bu port Yamanning oziq-ovqat importining 80 foizini tashkil etuvchi asosiy yo‘lak hisoblanadi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hujumlar bosqichma-bosqich davom etishini ma’lum qildi. Hozircha husiylar tomonidan amalga oshirilgan hujumlarda qurbonlar qayd etilmagan bo‘lsa-da, Isroil mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun o‘z pozitsiyasini saqlab qolishga qaror qilgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, yaqin kunlarda husiylar Isroil bilan havo qatnovini to‘xtatish maqsadida uning aeroportlariga hujumlarni kuchaytiradi. Bu haqda Livanning Al-Akhbar gazetasi Sanadagi harbiy manbalarga tayangan holda xabar berdi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi urush tufayli Isroilga nisbatan «maksimal bosim» siyosati doirasida husiylar o‘z hujum maqsadlari ro‘yxatiga Xayfa shahridagi ko‘plab muhim obyektlarni ham kiritmoqchi.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Erandagi tartibsizliklarda qariyb 2000 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:08

    Erandagi tartibsizliklarda qariyb 2000 kishi halok bo‘ldi

    Eron norozilik namoyishlari boshlanganidan beri xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar orasida katta qurbonlar qayd etilgan.

    'Trump Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qildi.'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 09:12

    Trump Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qildi.

    Mamlakatning asosiy savdo hamkorlari qatoriga Hindiston, Xitoy va Turkiya kiradi.

    'Germaniya kansleri va Hindiston bosh vaziri varrak uchirdi.'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 08:19

    Germaniya kansleri va Hindiston bosh vaziri varrak uchirdi.

    Germaniya kansleri Fridrix Mers Hindistonga ilk rasmiy tashrifi doirasida Bosh vazir Narendra Modi bilan Xalqaro varrak festivalida ishtirok etdi.

    'AQSh fuqarolarini Erondan chiqib ketishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 04:13

    AQSh fuqarolarini Erondan chiqib ketishga chaqirdi

    AQSH Davlat departamenti Eronda kuchayib borayotgan norozilik namoyishlari fonida mamlakatda boʻlib turgan amerikaliklarni zudlik bilan hududni tark etishga undadi.

    'Markaziy Osiyodagi sobiq uran hududlari 2030 yilgacha tozalanaadi'ning rasmi

    Dunyo 12.01.2026 14:41

    Markaziy Osiyodagi sobiq uran hududlari 2030 yilgacha tozalanaadi

    MAGATE Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistondagi uran chiqindilari mavjud hududlarni tozalash boʻyicha hamkorlikni davom ettirmoqda.