AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda noqonuniy quduq qaziganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Bu o‘zgarish qonun e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.

'O‘zbekistonda noqonuniy quduq qaziganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi'ning rasmi

Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, yerosti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, yerosti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yerosti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish, yerosti suvlariga ququdni qonunga xilof ravishda burg‘ilash:

  •  fuqarolarga BHMning 6 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 250 ming so‘mdan 5 mln 675 ming so‘mgacha);
  •  mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (5 mln 675 ming so‘mdan 7,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

 Bundan jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari, shu jumladan, tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno.

 Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yerosti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi. 

Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr/kubgacha bo‘lgan hajmda yerosti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bu o‘zgarish qonun e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:04

    'O‘zbekistonda sirtqi ta’lim shakliga qabul tugatiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:57

    O‘zbekistonda sirtqi ta’lim shakliga qabul tugatiladi

    Prezident Farmoniga ko‘ra, kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshirib boriladi;

    'O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:06

    O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?

    Uch oyda jami 1,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

    'Navoiyda savdo majmuasi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:22

    Navoiyda savdo majmuasi yonib ketdi

    Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta asosiy turdagi hamda 1 ta maxsus turdagi texnika jalb etilgan.

    'Prezident Sirdaryo viloyatida agrosanoatni rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rsatib o‘tdi'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2025 22:22

    Prezident Sirdaryo viloyatida agrosanoatni rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rsatib o‘tdi

    Viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

    '“TOP-100” talik universitetlarga grant asosida o‘qishga kirganlarga “El-yurt umidi” stipendiyasi imtihonlarsiz ajratiladi'ning rasmi

    Jamiyat 05.05.2025 21:53