AsosiyJamiyat

Namanganda Damas'da 25 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi

Haydovchi bolalarni shu mahalladagi xususiy bog‘chaga olib borayotgan bo‘lgan.

'Namanganda Damas'da 25 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi'ning rasmi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida haydovchi Damas’da 25 nafar bola va bir nafar ayolni olib ketayotgani aniqlandi. YHXX matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu avtomobil 23 aprel kuni “Jar” mahallasi hududida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida avtomobil salonida me’yordan ortiq yo‘lovchilar olib ketilayotgani aniqlangan.

Haydovchining ma’lum qilishicha, u bolalarni shu mahallada joylashgan xususiy bog‘chaga olib borayotgan bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

    Boshqa yangiliklar