AsosiyJamiyat

Gurbanguli Berdimuhamedovning Samarqandga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston-Turkmaniston sammiti nihoyasiga yetdi. Prezidentimiz Toshkentga qaytdi.

'Gurbanguli Berdimuhamedovning Samarqandga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning Samarqand shahriga tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki kunlik tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va oliy martabali mehmon ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdilar, “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi va "Zamonlar sadosi" ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Turkman xalqining milliy yetakchisini O‘zbekiston Respublikasining "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kuzatib qo‘ydi.

Shundan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.

    Boshqa yangiliklar