AsosiySport

Abduqodir Husanov “City”dan ketishi mumkin

Angliyaning “Manchester City” klubi himoyachi Abduqodir Husanov bilan vaqtincha xayrlashishga qaror qilmoqda.

'Abduqodir Husanov “City”dan ketishi mumkin'ning rasmi

Angliyaning “Manchester City” klubi himoyachi Abduqodir Husanov bilan vaqtincha xayrlashishga qaror qilmoqda. Bu haqda “Thehardtackle” nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, jamoa rahbariyati uni ijaraga berish orqali yanada o‘sishiga yordam bermoqchi. Husanov jamoa talablariga moslashishga ulgurgan bo‘lsa-da, kuchli raqobat tufayli ko‘p imkoniyatga ega bo‘lgani yo‘q.

U “City” safida bor-yo‘g‘i to‘qqizta o‘yinda maydonga tushgan hamda “shaharliklar”ning so‘nggi 5 uchrashuvidan beri zaxirada qoldirilmoqda.

Murabbiylar shtabi futbolchi o‘sishda davom etishi uchun doimiy o‘yin amaliyoti kerak ekanligi sabab uni vaqtincha boshqa jamoaga ijaraga berishga  qaror qilgan.Shunga qaramay, “City” uni uzoq muddatli rejalarining asosiy qismi sifatida ko‘rishda davom etadi.

    Boshqa yangiliklar