AsosiySport

Janjalga sabab bo‘lgan hakam o‘yinlardan chetlatildi

Ligaдаги "Yaypan" — "G‘azalkent" uchrashuvidagi bahsli holatlar yuzasidan ekspertlar xulosasi e’lon qilinib, bosh hakam vaqtinchalik o‘yinlardan chetlatildi.

'Janjalga sabab bo‘lgan hakam o‘yinlardan chetlatildi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, 6-tur doirasidagi mazkur bahsda 80-daqiqada hujumchiga nisbatan qo'pollik sodir etilganiga qaramay, qoidabuzarlik belgilanmagan.

Ekspertlar fikriga ko'ra, bosh hakam Rustam Choriyev o'yin davomida bir qator xatolarga yo'l qo'yib, uchrashuv muvozanatini saqlay olmagan.

Shu asosda Rustam Choriyev vaqtinchalik Superliga va Pro liga o'yinlaridan chetlatildi. Avvalroq "Qo'qon-1912" — "Nasaf" uchrashuvida ham hakamlar o'yin natijasiga ta'sir qilgan qo'pol xatoga yo'l qo'ygani xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar