AsosiySiyosat

Prezident Hindistondagi terrorchilik hujumi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Ta’kidlanishicha, Kashmir hududida ro‘y bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgan.

'Prezident Hindistondagi terrorchilik hujumi munosabati bilan hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonda sodir bo‘lgan mudhish terrorchilik hujumi yuzasidan mamlakat rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Kashmir hududida ro‘y bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgan, ayrimlar og‘ir tan jarohati olgan.

Davlat rahbari Hindiston Prezidenti Droupadi Murmu hamda Bosh vazir Narendra Modiga yo‘llagan murojaatida o‘z nomidan va O‘zbekiston xalqi nomidan chuqur hamdardlik bildirgan.

Shuningdek, jabrlanganlarga tez orada sog‘ayib ketishini tilagan.

    Boshqa yangiliklar