AsosiySiyosat

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Davlat maslahatchisi bilan uchrashdi

Ular aprel oyida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti va Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish yuzasidan fikr almashishgan.

'Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Davlat maslahatchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Respublikasi Davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashuv o‘tkazgan. Bu haqda uning o‘zi telegamdagi sahifasida ma’lum qiladi.

Suhbat chog‘ida aprel oyida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti va Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish yuzasidan fikr almashilgan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston muhim xalqaro tadbirlar doirasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishda faol hamkorlik qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ijtimoiy platformalarni tartibga solish sohasida muvofiqlashtirish va tajriba almashish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni to‘liq hajmda amalga oshirish doirasida yaqin muloqotni bundan buyon ham davom ettirishga tayyorligimizni tasdiqladik.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident 8-9 may kunlari Moskva shahriga boradi'ning rasmi

    Siyosat 07.05.2025 18:04

    Prezident 8-9 may kunlari Moskva shahriga boradi

    Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

    'Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Fridrix Mersni tabrikladi'ning rasmi

    Siyosat 07.05.2025 17:50

    Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Fridrix Mersni tabrikladi

    Uning rahbarligidagi Hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya o‘z mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.

    'Prezident Xitoyda yuz bergan fojia yuzasidan Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 07.05.2025 08:46

    Prezident Xitoyda yuz bergan fojia yuzasidan Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi

    Guychjou provinsiyasida kuchli shamol daryoda suzib yurgan to‘rtta sayyohlik kemasini ag‘darib yuborishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgandi.

    'Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 03.05.2025 15:12

    Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

    O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.

    'Rossiyada migrantlarga beriladigan ruxsat muddati uzaytirildi'ning rasmi

    Siyosat 29.04.2025 11:52

    Rossiyada migrantlarga beriladigan ruxsat muddati uzaytirildi

    Putin xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Rossiyada qolish yoki mamlakatni tark etish bo‘yicha berilgan muddatni 2025 yil 10 sentyabrga qadar uzaytirdi.

    'Donald Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 26.04.2025 18:09

    Donald Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin

    Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.