AsosiyDunyo

AQSH Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni tikladi

Ukraina o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganidan so‘ng prezident Tramp Kiyevga harbiy yordam yetkazishni blokdan chiqargan.

'AQSH Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni tikladi'ning rasmi

AQSH Polsha hududi orqali Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni tikladi. Bu haqda Polsha Milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Pavel Zalevskiy ma’lum qildi. 

"Yana Yasenka shahridan Ukrainaga AQSH qurollarini tashishni boshladik", — deb yozdi Zalevskiy X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ma’lum qilinishicha, bu harbiy yordvm allaqachon Bayden ma’muriyati tomonidan ajratilgan. Kecha Ukraina o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganidan so‘ng prezident Tramp Kiyevga harbiy yordam yetkazishni blokdan chiqardi.

    Boshqa yangiliklar