AsosiyDunyo

AQSH va Kanada o‘rtasida savdo urushi kuchaymoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadaga nisbatan yangi import bojlarini joriy qildi.

'AQSH va Kanada o‘rtasida savdo urushi kuchaymoqda'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadaga nisbatan yangi import bojlarini joriy qildi, bu esa ikki davlat o‘rtasidagi savdo urushini yanada kuchaytirdi.

Tramp avvaliga Kanadaga qarshi tariflarni rasman mamlakatning milliy xavfsizligini himoya qilish bahonasi bilan joriy qilgan edi. U o‘shanda kanadalik chegarachilarni narkotiklar kontrabandasi va noqonuniy migrantlar oqimiga befarq qarayotganlikda ayblagan edi. 

Bunga javoban, Kanada hukumati Trampning bosimiga berilib ketmasligini e’lon qildi. Prezident Tramp tariflarni bir oyga kechiktirib, muzokaralar o‘tkazishga harakat qildi, biroq Kanada o‘z mustaqilligidan chekinmadi. Natijada, AQSH barcha kanadalik mahsulotlarga 25 foizlik boj joriy qildi.

Kanada viloyatlari ichida bu cheklovlarga faqat birgina Ontario viloyati orqali javob berdi: viloyat AQSHning Minnesota, Nyu-York va Michigan hududlariga eksport qilinadigan elektr energiyasiga 25 foizlik boj joriy qildi. Bu Trampni qattiq g‘azablantirdi. 

Tramp Kanadaning Ontario tarifi orqali AQSHga bosim o‘tkazishga urinishiga javoban, o‘zining TruthSocial sahifasida:

"Biz har yili Kanadaga 200 milliard dollardan ortiq mablag‘ berib kelmoqdamiz. Bu nima uchun kerak? Bu davom eta olmaydi! Kanada bizning 51-shtatimiz bo‘lishi kerak!" — deb yozdi.

 U Kanada haqida keskin bayonot berib, bunday vaziyat tarix kitoblarida yozib qoldirilishini ta’kidladi:

"Kanada bunday past darajaga tushib, elektr energiyasini AQSHga qarshi qurolga aylantirmoqda. Ular bunga shunday katta iqtisodiy to‘lov to‘laydiki, bu haqda tarix kitoblarida yillar davomida yoziladi!" — dedi u.

Prezident Tramp javob tariqasida 12 martdan boshlab Kanadadan keladigan po‘lat va alyuminiyga tariflarni 50%ga oshirishga qaror qildi. Shuningdek, u 2 apreldan boshlab Kanada avtomobil sanoatiga keskin zarba beruvchi yangi tariflar joriy qilinishini e’lon qildi. 

Tramp, shuningdek, agar Kanada AQSH sut mahsulotlariga qo‘yilgan bojlarni olib tashlamasa, Tramp kanadalik mashinalarga qo‘shimcha boj joriy qilib, mamlakatdagi avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatish bilan tahdid qildi.

Shu bilan birga Tramp Kanada yog‘ochlarini ham AQSHga keraksiz dedi. AQSH o‘rmonlarini kesishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish va Amerika o‘z yog‘ochidan foydalanishiga va’da berdi.

Kanadaliklar ham o‘ziga xos javob choralarini ko‘ra boshladi. Bir qator mahalliy do‘konlarda: “Ma’zur tutasiz, biz ortiq AQSH valyutasini qabul qilmaymiz”, degan yozuvlar paydo bo‘ldi. 

Bundan tashqari, AQSH hukumati Kanada fuqarolariga nisbatan yangi cheklovlar joriy qilishni rejalashtirmoqda. Endilikda kanadaliklar AQSHda 30 kun yoki undan ko‘proq muddat qolsa, ular rasmiy ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi. 

NBC News esa Trampning Kanadaga nisbatan asosiy rejasini fosh qildi:

"Tramp Kanadaga jiddiy yondashmoqda va uni 51-shtat sifatida qabul qilish niyati qat’iy."

Bu voqealar savdo urushining nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy tus olayotganini ko‘rsatadi. Kelgusi haftalarda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashishi kutilmoqda.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:09

    YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin

    Bojlarning qiymati 95 milliard yevroga teng bo‘lishi aytilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:53

    'Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:10

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi

    Ushbu yordam paketi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun sarflanadi.

    'Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 13:08

    Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

    Shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan yetti o‘rindiqli vertolyot Gangotri tomon yo‘l olgan bo‘lgan.

    'Kardinallar birinchi urinishda yangi papani saylay olmadi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 12:59

    Kardinallar birinchi urinishda yangi papani saylay olmadi

    Sistina ibodatxonasining tomiga o‘rnatilgan mo‘ridan chiqayotgan qora tutun saylash tugallanmaganligidan dalolat beradi.

    'Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 10:55

    Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi

    Pokiston armiyasining ma’lum qilishicha, 57 kishi yaralangan.