AsosiyJamiyat

Oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxs talabi bilan ajratishda muhlat tayinlamasligi mumkin

Ushbu moddani nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senat qo‘mitasida muhokama qilindi.

'Oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxs talabi bilan ajratishda muhlat tayinlamasligi mumkin'ning rasmi

O‘zbekistonda sudlar nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyatidan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamasligi kutilmoqda. Bu haqda Senat qo‘mitasida muhokama qilingan qonun loyihasida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, 11 fevral kuni parlament yuqori palatasining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar mas’ullari, ekspertlar, shuningdek, hududlardan mahalliy komissiyalar hamda Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etgan.

Majlisda "Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonun muhokama qilingan.

Qonun bilan Oila kodeksi, Uy-joy kodeksi, shuningdek, "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Hujjat loyihasida oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish hamda bunday holatlar takrorlanishining oldini olishga qaratilgan normalar nazarda tutilmoqda.

Jumladan, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyatidan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamasligi belgilanmoqda.

Nikohdan ajratish masalasi o‘z vaqtida hal qilinmasligi ayrim hollarda ayollarning o‘z joniga qasd qilishi, bevaqt o‘limi kabi ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarmoqda, deyiladi qo‘mita xabarida.

Ta’kidlanishicha, bu normaning amaliyotga joriy etilishi muntazam tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘lgan nizoli oilalarda og‘ir jinoyatlar sodir bo‘lishining oldini oladi.
Bundan tashqari, qonun bilan Uy-joy kodeksiga qo‘shimcha kiritilib, turar joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan mulkdorning tashabbusiga ko‘ra, turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni mulkdorga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:04

    'Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 16:19

    Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

    Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi chegarа hududida vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotir bildirgan.

    'Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 14:38

    Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakaddagi vaziyat murakkabligi sabab fuqarolarni shaxsiy xavfsizlikka jiddiy eʼtibor qaratishga chaqirdi.

    'Toshkentda YPI inspektori halok bo‘ldi.'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 13:14

    Toshkentda YPI inspektori halok bo‘ldi.

    Bunga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

    'Prezident Termizda bazalt ishlab chiqarish loyihasini koʻzdan kechirdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 12:02

    Prezident Termizda bazalt ishlab chiqarish loyihasini koʻzdan kechirdi

    Davlat rahbari Surxondaryoga tashrifi davomida qiymati 26 million dollarlik bazalt mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

    'Armaniston bosh vaziri 30 yillik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 10:52

    Armaniston bosh vaziri 30 yillik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi

    Арманистон бош вазири Никол Пашинян ва унинг фуқаролик никоҳидаги турмуш ўртоғи Анна Акопян биргаликдаги ҳаётига якун ясаганини маълум қилди.