AsosiyJamiyat

Atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalar Toshkent va viloyat markazlaridan ko‘chirilishi mumkin

2025 yil 1 maydan boshlab atrof-muhitga salbiy ta’sir qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi.

'Atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalar Toshkent va viloyat markazlaridan ko‘chirilishi mumkin'ning rasmi

Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida ekologik xavfli korxonalarni ishga tushirish to‘xtatiladi. Bu prezidentning davlat dasturini 2025 yilda amalga oshirish to‘g‘risidagi farmonida belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, O‘zbekiston ekologik partiyasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi taklifini inobatga olgan holda 2025 yil 1 maydan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi:

  • asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;
  • teri-ko‘nchilik, parrandachilik fabrikalari;
  • samaradorligi yuqori bo‘lgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi ko‘mir yoqish;
  • qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar bo‘lgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;
  • xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.

Respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni to‘liq taqiqlash ko‘zda tutilmoqda. Avariyaviy yoqilg‘i sifatida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligini xabardor qilib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda foydalanish holatlari bundan mustasno.

Shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2025 yil 1 oktyabrga qadar atrof muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan obyektlarni va energiya sarfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardagi mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilgan holda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan bosqichma-bosqich ko‘chirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Chorvoqda qurilish chiqindilari bo‘yicha reydlar boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:55

    Chorvoqda qurilish chiqindilari bo‘yicha reydlar boshlandi

    Hududda nazoratni kuchaytirish maqsadida 10 ta nuqtaga onlayn videokuzatuv o‘rnatildi, yana 40 ta lokatsiya qamrab olinishi rejalashtirilgan.

    'Aqtau yaqinidagi aviahalokat: Moskva va Boku kelishuvga erishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:45

    Aqtau yaqinidagi aviahalokat: Moskva va Boku kelishuvga erishdi

    Tomonlar Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushganini tan oldi va jabrlanganlarga tovon to‘lashga kelishdi.

    'Surxondaryoda mansabdor pora olishda ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:24

    Surxondaryoda mansabdor pora olishda ushlandi

    Surxondaryo viloyatida mansabdor xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    'Koʻksaroyda Farruh Zokirovning 80 yilligi nishonlandi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2026 16:53

    Koʻksaroyda Farruh Zokirovning 80 yilligi nishonlandi

    Tantanada san'atkor "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

    'Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2026 12:51

    Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi

    Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad nima?