AsosiySalomatlik

Osh tuzining muqobilidan foydalanish millionlab insonlar hayotini uzaytirishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti osh tuzi iste’molini kamaytirish bo‘yicha yangi tavsiyalarini e’lon qildi.

'Osh tuzining muqobilidan foydalanish millionlab insonlar hayotini uzaytirishi mumkin'ning rasmi

Qayd etilishicha, tuzdan me’yordan ortiq foydalanish qon bosimi ko‘tarilishi, infarkt, insult, buyrak kasalliklariga chalinish xavfini oshiradi. 

JSST tavsiyalariga ko‘ra, kunlik natriy iste’moli 2 grammdan oshmasligi kerak. Bu taxminan 5 gramm, yanada soddaroq aytganda, bir choy qoshiq osh tuzi deganidir. 

Biroq hozirgi kunda odamlar kuniga 4,3 grammdan ortiq natriy iste’mol qilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich tavsiya etilgan me’yordan qariyb ikki barobar ko‘p.

Vaholanki, bundan o‘n ikki yil avval JSSTga a’zo davlatlar bilan 2025 yilga borib, tuz iste’molini 30 foizga kamaytirish yuzasidan kelishuvga erishilgan edi. Ammo, afsuski, bu maqsad amalga oshmadi. Shu bois belgilangan muddat 2030 yilgacha uzaytirildi.

Yangi tavsiyalarga ko‘ra, an’anaviy osh tuzi o‘rniga kaliy tuzidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu orqali, avvalo, qon bosimi normallashib, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi kamayadi. Asab tizimi yaxshilanadi.

Kaliy tuzi ta’mi va xususiyatlari bo‘yicha oddiy tuzdan deyarli farq qilmaydi. 

To‘g‘ri, kaliy tuzi hali keng ommalashmagan, ayrim hududlarda esa sotuvda topish qiyin. Qolaversa, narxi ba’zi mamlakatlarda oddiy tuzdan biroz qimmatroq bo‘lishi mumkin. Ammo bu moddani keng iste’molga kiritish orqali muammoning samarali yechimini topsa bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.01.2026 15:58

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 20:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 04:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 08:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 20:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 12:07