AsosiyDunyo

Suriyada portlash yuz berdi

15 kishi halok bo‘ldi.

'Suriyada portlash yuz berdi'ning rasmi

Suriyaning shimolidagi Manbij shahrida mina o‘rnatilgan avtomobilning portlashi natijasida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Suriyaning rasmiy SANA agentligi "Oq kaskalar" fuqarolik mudofaa xizmatiga tayanib xabar berdi. Halok bo‘lganlardan 14 nafari ayol va 1 nafari erkak bo‘lib, yana 15 ayol yaralangan, ularning ayrimlari og‘ir ahvolda. Portlash Manbij shahri atrofidagi asosiy yo‘lda, qishloq xo‘jaligida ishlovchi ishchilarni tashuvchi mashina yaqinida sodir bo‘lgan. 

Bu so‘nggi kunlarda Manbijda sodir bo‘lgan ikkinchi shunday hodisadir. Bundan avval, shanba kuni shahar markazida mina o‘rnatilgan avtomobilning portlashi natijasida to‘rt nafar tinch aholi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi, jumladan, bolalar ham yaralangan edi.

1 dekabrda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriya ozodlik armiyasi "Erkinlik tajribasi" operatsiyasini boshlagan edi. Buning maqsadi shimoliy Suriyada xavfsizlikni tiklash deb e’lon qilingan. Tez orada kurd tuzilmalari nazoratida bo‘lgan Manbij shahri yangi suriyalik hokimiyat tarafdorlari qo‘liga o‘tdi. Bunga qadar, 2016 yildan beri, Manbij AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Kurdiston ishchi partiyasi (RPK) va Xalq himoyasi bo‘linmalari (YPG) tomonidan nazorat qilinar edi. Bu hududda kurdlarning so‘nggi tayanch nuqtasi bo‘lib kelgan.

                                          Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp Zelenskiyga 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini taklif qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:25

    Tramp Zelenskiyga 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini taklif qildi

    Bu haqida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Ukraina rahbari bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbatda aytgan.

    'YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:09

    YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin

    Bojlarning qiymati 95 milliard yevroga teng bo‘lishi aytilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:53

    'Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:10

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi

    Ushbu yordam paketi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun sarflanadi.

    'Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 13:08

    Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

    Shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan yetti o‘rindiqli vertolyot Gangotri tomon yo‘l olgan bo‘lgan.

    'Kardinallar birinchi urinishda yangi papani saylay olmadi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 12:59

    Kardinallar birinchi urinishda yangi papani saylay olmadi

    Sistina ibodatxonasining tomiga o‘rnatilgan mo‘ridan chiqayotgan qora tutun saylash tugallanmaganligidan dalolat beradi.