AsosiyDunyo

Eron tomonidan otilgan ballistik raketa Turkiya havo hududiga kirdi.

Bugun, 30 mart kuni Eron hududidan uchirilgan ballistik raketa Turkiya havo hududiga kirib keldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

'Eron tomonidan otilgan ballistik raketa Turkiya havo hududiga kirdi.'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, mojaro keskinlashganidan buyon bu to‘rtinchi holat sifatida qayd etilmog‘da.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, Eron hududidan uchirilgani aniqlangan ballistik raketa Turkiya havo hududiga kirgan va Sharqiy O‘rta er dengizida joylashtirilgan NATOning havo hujumidan hamda raketaga qarshi mudofaa kuchlari tomonidan zararsizlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Erondan mamlakatga yo‘naltirilgan raketa yuzasidan bayonot berib, Tehrondan keskin ogohlantirgan edi. Shundan so‘ng Eronning ballistik raketasi ikkinchi bor Turkiya havo hududida urib tushirildi.

Shuningdek, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mazkur hodisa bo‘yicha Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qilib, Turkiya havo hududini buzmaslikka chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar