Rossiya prezidenti mamlakat Olimpiya qoʻmitasining 115 yillik yubileyi munosabati bilan yoʻllagan tabrigida aynan shunday bayonot berdi.
U Rossiya 1980 yilda Moskva va 2014 yilda Sochida oʻtgan Olimpiadalarga mezbonlik qilganini eslatib oʻtdi.
"Rossiya kelajakda yana yozgi va qishki Olimpiya oʻyinlarini oʻzida qabul qilishga hamda haqiqiy olimpiya harakati qadriyatlarini saqlab qolishga hissa qoʻshishga tayyor", — deyiladi tabrikda.
Putinning taʼkidlashicha, avvalgi oʻyinlar Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan ham yuqori baholangan.






