Eronda harbiy xizmatga jalb etish bo‘yicha eng quyi yosh chegarasi 12 yoshgacha tushirilgani ma’lum qilindi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) raisi o‘rinbosari Rahim Nadaliy bayonot berdi, deya yozmoqda "zamon.uz".
Ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiylar 12–13 yoshli o‘smirlarni ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga qo‘shilishga chaqirmoqda. Telekanal xabariga ko‘ra, ushbu yoshdagilar bolalar razvedka faoliyati, tezkor patrullik, shuningdek Basij nazorat-o‘tkazish punktlarida xizmat qilish kabi vazifalarga jalb qilinishi mumkin.
Bundan tashqari, ular harbiy qismlar uchun oziq-ovqat tayyorlash, yarador askarlarni parvarishlash va boshqa yordamchi xizmatlarda ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, maktab o‘quvchilarini harbiy xizmatga jalb qilish tashabbusi “Eronliklar uchun” deb nomlangan dastur doirasida amalga oshirilmoqda.
Al Arabiya ma’lumotiga ko‘ra, bunday qaror Eronning bolalarni harbiy amaliyotlarda qo‘llashni cheklash bo‘yicha xalqaro majburiyatlariga zid bo‘lishi mumkin.






