AsosiyDunyo

Isroyl musulmon davlatlarining bir-biri bilan urishishini xohlaydi – Turkiya TIV rahbari

Hakan Fidan Yaqin Sharq mamlakatlarini bir-biriga keskin javob bermaslikka chaqirdi.

'Isroyl musulmon davlatlarining bir-biri bilan urishishini xohlaydi – Turkiya TIV rahbari'ning rasmi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan AQSh va Isroil xalqaro huquqni buzgan holda Eronga qarshi boshlagan urush tobora mintaqaviy kengayish xavfiga duch kelayotganini bildirdi. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda.

Qayd etilishicha, Fidan AQSh va Isroilning Eronga qarshi hujumlari mintaqa va global siyosatga juda jiddiy ta'sir ko'rsatayotganini ta'kidlab: "Afsuski, Amerika va Isroil xalqaro huquqni buzgan holda boshlagan bu urush tobora mintaqaviy kengayish xavfiga duch kelmoqda", — deb ogohlantirdi.

Fidan boshidan-o'q urush boshlanishining oldini olish, agar shunday bo'lsa, uni to'xtatish, tarqalishiga yo'l qo'ymaslik va jarayonga aralashmaslik Turkiyaning maqsadi bo'lganini aytdi. U mamlakat shu maqsad doirasida harakat qilayotganini qo'shimcha qildi. 

"Bizning asosiy maqsadimiz urushni to'xtatishdir. Buni amalga oshirishda biz uchun urushning boshqa mamlakatlarga tarqalmasligi va mintaqada doimiy dushmanlik va beqarorlik yuzaga kelmasligi muhimdir. Umid qilamanki, urush qachondir, u yoki bu tarzda tugaydi"— dedi vazir.

Hakan Fidan urushlardan keyin mamlakatlar o'rtasidagi adovat yillab davom etishi mumkinligini ham ta'kidladi. 

Shuningdek, vazir mintaqa Isroil stsenariysi asosida tuzilgan o'yinga bosqichma-bosqich jalb qilinayotganini aytib o'tdi.

 “Hozirgi nuqtaga yetib kelganimizda, Eronga qarshi urush olib borilayotgan bir paytda, afsuski, mintaqada Isroil tomonidan nizo urug'i sepilayotganini ko'rmoqdamiz, bu esa mintaqadagi musulmonlarning yana birlashishini deyarli imkonsiz qiladi. Boshqacha qilib aytganda, Turkiyaning bosh maqsadi bu nizoning paydo bo'lishining oldini olishdir”. 

U, Isroil va AQShning hujumlarining mintaqadagi ba'zi davlatlar uchun xavf tug'dirganini, 7-8 davlatga Eron raketalari va dron hujumlari amalga oshirilganini qayd etdi va maslahat sifatida sabrli bo'lish, ortiqcha reaktsiya ko'rsatmaslikni taklif qildi. 

"Mintaqadagi davlatlarning o'zaro javoblari uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi. Bu aynan Isroil istagan stsenariy. Ya'ni, musulmon davlatlari mintaqada bir-biri bilan uzoq muddatli mojaroga kirishishi kerak. Iltimos, bunday qilmang, bu bizning Eronga ham, boshqa mamlakatlarga ham maslahatimiz." 

Fidan, Ar-Riyoddagi yig'ilishda asosiy mavzu Eron hujum qilgan davlatlar bo'lganini va Turkiyaning pozitsiyasi hech qanday provokatsiyaga yo'l qo'ymaslik ekanini ta'kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Nepal sobiq bosh vaziri hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:22

    Nepal sobiq bosh vaziri hibsga olindi

    Sobiq bosh vazir Sharma Oli va ichki ishlar vaziri Ramesh Lehak politsiya tomonidan hibsga olindi.

    'Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana otishma boshlandi'ning rasmi

    Dunyo 27.03.2026 16:18

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana otishma boshlandi

    Vaqtinchalik sulh muddati tugagach, ikki davlat chegarasida harbiy harakatlar qayta avj oldi. Hodisa oqibatida qurbonlar bor.

    'Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida bosh murabbiy almashdi'ning rasmi

    Dunyo 27.03.2026 05:36

    Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida bosh murabbiy almashdi

    Soʻgʻdiyona klubi bosh murabbiyi Ivan Boškovich bilan mehnat shartnomasini oʻzaro kelishuv asosida bekor qildi.

    'Trump: Ukraina saylovlarga aralashgan boʻlishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 27.03.2026 03:46

    Trump: Ukraina saylovlarga aralashgan boʻlishi mumkin

    AQSh prezidenti Donald Trump Ukraina hukumatini 2024 yilgi saylovlarga ehtimoliy aralashuvda aybladi.

    'Maktabda o‘quvchi otishma sodir etdi'ning rasmi

    Dunyo 26.03.2026 12:05

    Maktabda o‘quvchi otishma sodir etdi

    Hodisadan so‘ng maktab vaqtincha yopilib, o‘quvchilar uylariga jo‘natilgan.

    'Бангладешда автобус дарёга қулаши оқибатида 18 киши ҳалок бўлди'ning rasmi

    Dunyo 26.03.2026 06:56

    Бангладешда автобус дарёга қулаши оқибатида 18 киши ҳалок бўлди

    Baxtsiz hodisaning sababini aniqlash uchun 5 kishidan iborat qo‘mita tuzildi.