AsosiyJamiyat

Parlamentlararo ittiffoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Ushbu nufuzli anjuman Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkaziladi.

'Parlamentlararo ittiffoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi'ning rasmi

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan 2025 yil 5—9 aprelda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi

30 yanvar kuni Oliy Majlis Senatida ushbu assambleyani o‘tkazish bo‘yicha Tanzila Norboyeva boshchiligida tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekistonning Parlamentlararo ittifoqqa a’zoligi 2017 yilda qayta tiklangani, o‘tgan qisqa davr mobaynida mamlakat parlamentarizm va barqaror rivojlanish sohasida juda katta tajribaga erishgani, Respublika yutuqlari yirik xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar tomonidan alohida e’tirof etilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

190 ga yaqin mamlakatlar parlamentini birlashtirib kelayotgan Parlamentlararo ittifoq assambleyasi yilda ikki marotaba o‘tkaziladi. Mazkur tadbir faqatgina parlamentarizm va barqaror rivojlanishning ijobiy tajribasi yuqori bo‘lgan mamlakatlardagina o‘tkaziladi.

Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasining O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi tarixiy voqelikdir, chunki bunday tadbir Markaziy Osiyo mintaqasida ilk marotaba o‘tkazilyapti.

“Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusida o‘tkaziladigan assambleyaning turkum yig‘ilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:

  • aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish;
  • qonun ustuvorligini ta’minlash;
  • inson huquqlarini himoya qilish;
  • gender tenglikni ta’minlash;
  • ilm-fan, texnologiyani rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalar muhokama qilinadi.

Shuningdek, bir hafta davomida Parlamentlararo ittifoqning qo‘mitalari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash, ilm-fan va texnologiya, yoshlar masalalariga bag‘ishlangan turli tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasining O‘zbekistonda o‘tkazilishi:

  • dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, O‘zbekiston parlamenti faoliyati bilan tanishish; 
  • 2030 yilgacha bo‘lgan strategiyani amalga oshirishda parlamentlarning ishtirokini kengaytirish;
  • barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish;
  • inson huquqlari;
  • gender tengligi;
  • yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish;
  • iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda parlamentlar hamkorligini ko‘rib chiqish imkonini beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:04

    '“Chempion” tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritish mezonlari belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:45

    “Chempion” tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritish mezonlari belgilandi

    2025 yil 1 iyulga qadar yuridik shaxslarga onlayn rejimda mikrokredit ajratish jarayonlarini soddalashtirish va ularni tezkor tasdiqlash mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.

    'O‘zbekistonda Ramazon hayiti sanasi aniq bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:12

    O‘zbekistonda Ramazon hayiti sanasi aniq bo‘ldi

    O‘zbekistonliklar uchun Ramazon hayti munosabati bilan dam olish kunlari belgilandi.

    'Farg‘onada ariqdan noma’lum bolaning jasadi topildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:48

    Farg‘onada ariqdan noma’lum bolaning jasadi topildi

    Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:42

    'Toshkentda bolani urib, uydagi pullarni o‘g‘irlab ketgan enaga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:09

    Toshkentda bolani urib, uydagi pullarni o‘g‘irlab ketgan enaga qamaldi

    U xonadon egasi uyda yo‘qligida har safar 1-2 mln so‘mdan umumiy hisobda 118 mln so‘m naqd pul mablag‘larini o‘g‘irlab, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.