AsosiySiyosat

Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda vakolatli organ etib belgilanmoqda

Senat “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunni ma’qulladi.

'Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda vakolatli organ etib belgilanmoqda'ning rasmi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi. 

Mazkur Qonunning maqsadi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 

Qonun normalari aholining oziqlik qimmatiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan xavfsiz ovqatlanishini ta’minlashga, samarali bozor mexanizmlarini shakllantirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarishga nisbatan tatbiq etiladi.

Qonunda oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan.

Xususan, oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning minimal normalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosining aylanma zaxirasini shakllantirish hamda aholini ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda va uzluksiz ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, davlat oziq-ovqat mahsulotlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish, shuningdek ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti va importi o‘rtasidagi maqbul muvozanatni saqlash ham oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida vakolatli davlat organi sifatida belgilanmoqda.

Unga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarish bilan bog‘liq faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tayyorlash, oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish asosida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va rivojlantirishga doir qisqa, o‘rta hamda uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish kabi bir qator vakolatlar berilmoqda.

Shuningdek, Qonunda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat tomonidan qanday choralar ko‘rilishi, oziq-ovqat balansini shakllantirish, iste’molchilarning va xo‘jalik yurituvchi subektlarning oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat 28.10.2025 20:14

    'Koʻksaroy qarorgohida Mirziyoyev Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichni kutib oldi'ning rasmi

    Siyosat 28.10.2025 17:32

    Koʻksaroy qarorgohida Mirziyoyev Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichni kutib oldi

    Prezident oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

    'Serbiya Respublikasi Prezidenti O'zbekistonga keldi'ning rasmi

    Siyosat 28.10.2025 10:18

    Serbiya Respublikasi Prezidenti O'zbekistonga keldi

    Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kutib oldi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 27.10.2025 21:07

    'Shavkat Mirziyoyev AQSH delegatsiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 27.10.2025 19:40

    Shavkat Mirziyoyev AQSH delegatsiyasini qabul qildi

    Uchrashuv avvalida Serjio Gor davlat rahbariga Donald Trampning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

    'Haydovchilik guvohnomasi uchun nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi'ning rasmi

    Siyosat 27.10.2025 14:25

    Haydovchilik guvohnomasi uchun nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi

    2026 yildan “A” va “B” toifadagi nomzodlar nazariy qismni mustaqil o‘rganishi mumkin.