AsosiyJamiyat

Buxorolik ayol farzandini dunyoga keltirish vaqtida tug‘ruqxonada vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali xotinining o‘limida tibbiyot xodimlarini ayblagan erkakka SSB javob berdi.

'Buxorolik ayol farzandini dunyoga keltirish vaqtida tug‘ruqxonada vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda buxorolik ayol farzandini dunyoga keltirish vaqtida vafot etgani aytilgan video tarqaldi. Murojaatda erkak mazkur voqeaga tibbiyot xodimlarining e’tiborsizligini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi jarayonga quyidagicha munosabat bildiradi. 

Marhuma Ochilova Zaynabbonu Hamrojon qizi 1992 yilda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan.

12 dekabr 2024 yil soat 21:50 da RIO va BSIATM DM Buxoro filialiga(Perinatal markaz) qabul qilingan. O‘shanda kuchli shamollash alomatlari: yo‘tal, tana haroratining 38*S gacha ko‘tarilishi, qog‘onoq suvlarining ketishi, umumiy holsizlik holatida bo‘lgan. 

Bemorda ushbu homiladorlik kamqonlik fonida kechgan. Homiladorlikning 14 haftalik muddatida (14.06.2024y) jigar exinokoki tashxisi bilan operativ davolangan. 

Qayd etilishicha, kerakli barcha klinik laborator, instrumental tekshiruvlar o‘tkazilgan. Kerakli mutaxasislar (pulmonolog, terapevt) konsultatsiyasi o‘tkazilgan.

Shundan so‘ng mutaxassislar tomonidan konsilium asosida Z.Ochilovaga standartlarga ko‘ra kerakli davo buyurilgan, kuzatuv davom ettirilgan. Ayolda tug‘ruq milliy standart asosida olib borilgan, operativ tug‘ruqqa ko‘rsatma bo‘lmagan.

13 dekabr kuni tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi kuzatilgan. Kerakli dorilar buyurilgan. Kelishilgan shifokorlar konsiliumidan keyin tor mutaxassislar pulmonolog va jarroh shifokor ko‘ruvi tashkil qilingan. 

O‘sha kuni soat 12:30da esa muntazam tug‘uruq dardlari, 14:25da jadallashgan tug‘uruq kuzatilgan. Vazni 4,1 kilo bo‘lgan qiz jinsli chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng ayol 250ml qon yo‘qotgan va bachadon gipotoniyasi kuzatilgan. Shu paytning o‘zida ayol ahvoli birdan yomonlashib nafas yetishmovchiligi belgilari kuzatilgan. Teri qoplamlari rangpar tusga kirib, sianoz paydo bo‘lgan.

Zudlik bilan reanimatologlar va kerakli mutaxassislar chaqirilgan.

Bemor sun’iy nafas apparatiga ulangan va intensiv reanimatsion chora-tadbirlar boshlangan. Bemorda kardiomonitorda yurak fibrilyatsiyasi aniqlangan. Yurak faoliyatini tiklash va fibrilyatsiyani oldini olish maqsadida kerakli preparatlar qo‘llangan. Puls periferiyada aniqlanmagan. Yurak faoliyatini tiklash maqsadida defibrilyatsiya va yurak bevosita massaj qilingan.

Soat 15:05da bemor ahvoli og‘irlashib, nafas yetishmovchiligi, teri sianozi kuchaygan. Ammo 40 minutlik o‘tkazilgan o‘pka-yurak reanimatsion chora-tadbirlari natijasida yurak faoliyati tiklanmagan. Ayolda o‘sha kuni soat 15:15da biologik o‘lim qayd qilingan.

Marhuma Sud tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilgan va o‘lim sababi qog‘onoq suvlari emboliyasi ekani tasdiqlangan.

Holat yuzasidan Buxoro davlat tibbiyot institutining professor-mutaxassislari ishtirokida xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mutaxassislari ishtirokida chuqur muhokama qilingan.

Tibbiy hujjatlar yuritilishida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar - markaz 2-tug‘ruq bo‘limi mudiri S.Rabiyevga hamda davolovchi akusher-ginekolog Z. Musinovaga o‘rtacha oylik maoshidan 30 foiz jarima qo‘llanilib, boshqa bo‘limga rotatsiya qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda avtokredit foiz stavkalari tushirilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 07.02.2025 22:06

    O‘zbekistonda avtokredit foiz stavkalari tushirilishi mumkin

    Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.

    'Prezident Administratsiyasidagi shtat qisqartirishlar haqidagi xabarlarga izoh berildi'ning rasmi

    Jamiyat 07.02.2025 20:04

    Prezident Administratsiyasidagi shtat qisqartirishlar haqidagi xabarlarga izoh berildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Administratsiyasidaga shtat birliklari kamida 50 foizga, boshqa davlat tashkilotlarida ham qisqartirishlar amalga oshirilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

    'O‘zbekiston kanallarni betonlash hisobiga suv sarfini 15 foizgacha kamaytirdi'ning rasmi

    Jamiyat 07.02.2025 20:02

    O‘zbekiston kanallarni betonlash hisobiga suv sarfini 15 foizgacha kamaytirdi

    O‘zbekiston va Qozog‘iston joriy yilda Sirdaryo bo‘ylab avtomatlashtirilgan suv o‘lchash moslamalarini o‘rnatish ishlarini yakunlashni rejalashtirmoqda.

    'Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari 2024 yil noyabrdan beri arzonlashishda davom etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 07.02.2025 17:36

    Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari 2024 yil noyabrdan beri arzonlashishda davom etmoqda

    Yanvar oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.

    'Dollarning rasmiy kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 07.02.2025 16:09

    Dollarning rasmiy kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.