“Toshshahartransxizmat” ma’lumotiga ko‘ra, holat 30 mart kuni Sergeli tumanida sodir bo‘lgan. 59 yoshli haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida ayol va uning bolasiga yo‘l bermasdan harakatni davom ettirgan.
Oqibatda bolaning qo‘lidan buyumlari tushib ketgan, biroq ayol o‘z vaqtida to‘xtab, ehtimoliy fojianing oldi olingan.
Mazkur holat mas’ullar va Tashkent City Traffic Safety Department ishtirokida muhokama qilinib, haydovchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingani ma’lum qilindi.






