AsosiySiyosat

O‘zbekistonda 2030 yilgacha "yashil" loyihalar amalga oshiriladi

Loyihalar Global ekologik fondning 6,5 million AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

'O‘zbekistonda 2030 yilgacha "yashil" loyihalar amalga oshiriladi'ning rasmi

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida "Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ikkita xalqaro loyihani ishga tushirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.

Loyihalar 2030 yilgacha Global ekologik fond (GEF)ning 6,5 million AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

 Tadbir davomida xalqaro tashkilotlar vakillari yangi “yashil” tashabbuslarni taqdim etdilar. Loyihalardan biri “Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va harakatlar rejasini va 7-Milliy hisobotini yangilashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks dastur” bo‘lib, jahonning 69 davlatida, jumladan, O‘zbekistonda ham amalga oshirilayotgan global loyihaning bir qismidir. U biologik xilma-xillik milliy strategiyalari va harakat rejalarini hamda 7-Milliy hisobotni tayyorlashda mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekistonda Global bioxilma-xillik asoslari va uning asosida ishlab chiqilgan yangi milliy maqsadlarga muvofiq yangilangan Milliy strategiya va Harakatlar rejasini tayyorlash kutilmoqda.

 Ushbu loyiha bioxilma-xillikni muhofaza qilish, saqlash va tiklash sohasida uzoq muddatli davlat siyosatini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, bu barcha tomonlar: davlat tashkilotlari, biznes hamjamiyatlari va jamoatchilikning faol hamkorligini talab qiladi.

 Ikkinchi yirik loyiha – “O‘zbekistonning yuqori qiymatga ega landshaftlarini muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha kompleks boshqaruv” loyihasi puxta ishlab chiqilgan va inklyuziv siyosat orqali ekotizimlarni tiklash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ekotizimlarni tiklash jarayonlarida innovatsiyalarni qo‘llash va bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha samarali va barqaror moliyalashtirishni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishga qaratilgan. Ushbu loyihani amalga oshirishdagi asosiy hamkorlardan biri 2024 yilda Toshkentda mintaqaviy vakolatxonasi rasman ochilgan Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqidir. Loyihaning tajriba hududlari G‘arbiy Tyan-Shan, Nurota tizmasi va Ko‘hitang landshaftlari hisoblanadi.

 Loyihalar 6 hududdagi 10 ta tumanning landshaftlarini o‘z ichiga oladi: Toshkent viloyatining Parkent va Ohangaron tumanlari, Jizzax viloyatining Forish tumani, Samarqand viloyatining Qo‘shrabot va Payariq tumanlari, Navoiy viloyatining Xatirchi va Nurota tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani, Surxondaryo viloyatining Boysun va Sherobod tumanlari. 

 Asosiy kutilgan natijalar:

— 53 ming gektar o‘rmon va yaylovlarni tiklash.

— Ekotizimlarni tiklash va biologik xilma-xillikni saqlash maqsadida 200 ming gektar davlat o‘rmon fondi yerlarini boshqarish tizimini takomillashtirish.

— 142278,4 gektar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish tizimini takomillashtirish.

— 30 000 ga yaqin mahalliy aholi ushbu tadbirlardan, jumladan, tabiatga asoslangan turizmni rivojlantirish, yaylovlarni boshqarishni yaxshilash va tabiiy resurslarga asoslangan turmush sharoitini yaxshilash orqali foyda ko‘radi.

— O‘zbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari milliy tizimini mustahkamlash va ilg‘or xalqaro tajribaga yanada moslashtirish.

— Ekotizimni tiklash uchun yangi barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi'ning rasmi

    Siyosat 13.03.2026 09:17

    Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi

    O‘zbekiston bo‘yicha har o‘n ming kishiga o‘rtacha 319 ta ariza to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa-da, ba’zi hududlarda bu ko‘rsatkich ikki barobar yuqori.

    'Eron qizlar maktabiga zarba: AQSh aybni tan olmayapti'ning rasmi

    Siyosat 11.03.2026 10:04

    Eron qizlar maktabiga zarba: AQSh aybni tan olmayapti

    Eronning Minob shahrida joylashgan qizlar maktabiga berilgan zarba natijasida kamida 165 kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

    'Baxtiyor Saidov Turkiya prezidenti Erdo'g'an bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.03.2026 04:36

    'Mahkum ayollar uchun “Yangi hayot” dasturi yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Siyosat 06.03.2026 10:26

    Mahkum ayollar uchun “Yangi hayot” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

    Prezident xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashni kuchaytirish hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi ayollarni ijtimoiy hayotga qaytarish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.

    'Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li barpo etiladi'ning rasmi

    Siyosat 05.03.2026 15:32

    Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li barpo etiladi

    Ushbu yo‘lda 33 kilometrlik tonnellar hamda bir qator yirik muhandislik inshootlarining qurilishi rejalashtirilgan.