AsosiyJamiyat

O‘zgidromet tezkor axborot e’lon qildi

Kuchli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda qorga aylanishi, ayrim joylarda esa sel yuzaga kelishi kutilmoqda.

'O‘zgidromet tezkor axborot e’lon qildi'ning rasmi

Joriy yilning 29 noyabr-2 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

29 noyabr-1 dekabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 30 noyabr-1 dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va 1-2 dekabrga kelib, 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqni, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuqni, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 29 noyabr-1 dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar