AsosiyJamiyat

Tojikistonda ayrim videoo‘yinlar taqiqlandi

Ushbu talab o‘yin klublari egalariga tegishli.

'Tojikistonda ayrim videoo‘yinlar taqiqlandi'ning rasmi

Dushanbe politsiyasi GTA va Counter Strike video o‘yinlari taqiqlanishi haqida ogohlantirdi, deya xabar bermoqda zamon.uz.

 Tojikiston Madaniyat vazirligi ekspertizasi shuni ko‘rsatdiki, ushbu o‘yinlarda “zo‘ravonlik, qotillik va talonchilik elementlari” mavjud bo‘lib, “axloqsiz va zo‘ravonlik xususiyatiga ega” video roliklar va o‘yinlarni tarqatish qat’iyan taqiqlangan", deyiladi politsiya bayonotida.

 Talab o‘yin klublari egalariga tegishli bo‘lib, shuningdek, ota-onalarga ham farzandlariga e’tibor qaratish tavsiya etildi. Chunki o‘smirlar salbiy ta’sirga uchraydi va jinoyat sodir etishi mumkin. Shu bilan birga, Dushanbe politsiyasi reyd va tekshiruv tadbirlari bilan tahdid qildi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar